Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi sud tizimida korrupsiyaviy xavf-hatarlarni oldini olish, ularga qarshi kurashish va korrupsion harakatlarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamda ularni keltirib chiqarayotgan omillarini bartaraf etish va ularga qarshi faol kurash olib borishda amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, sud tizimida ichki nazorat mexanizmlarining zaifligi va sud xodimlari uchun yetarlicha iqtisodiy rag‘batlarning yo‘qligi kabi muammolar tadqiq etiladi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Sud tizimida korrupsiyaviy xavf-hatarlarni oldini olish bo‘yicha muhim huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda, ushbu maqolada sud tizimining mustaqilligini ta’minlash uchun dunyo hamjamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashda qanday chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi bilan bog’liq masalalar muhokama qilinadi. Shuningdek, olib borilgan o’rganishlar natijasida sud tizimining mustaqilligini ta’minlash, ochiqlik va shaffoflikni oshirish, sud xodimlari uchun etika va kasbiy o‘quv dasturlari joriy qilish, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari nazoratini kuchaytirish bo’yicha fikrlar va mulohazalar keltiriladi.