YOSHLARNI MAQOM SAN’ATIGA QIZIQTIRISH VA ULARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH
PDF

Keywords

Maqom san’ati, an’anaviy musiqa, madaniy meros, maqom festivali, musiqa tanlovi, zamonaviy texnologiyalar, musiqiy festival, madaniy tarbiya, innovatsion yondashuv.

Abstract

Yoshlarni maqom san’atiga qiziqtirish va qo‘llab-quvvatlash O‘zbekistonning madaniy merosini saqlash va rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Maqom musiqasi o‘ziga xos, chuqur tarixiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lib, xalqning ma’naviy qadriyatlarini aks ettiradi. Biroq, zamonaviy musiqaning keng tarqalishi va global madaniyatning ta'siri sababli, yoshlar orasida maqom san'ati bilan qiziqishning kamayishi kuzatilmoqda. Ushbu maqola, yoshlarni maqom san'ati bilan tanishtirish va ularni bu san’atga qiziqtirish uchun amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan amaliy chora-tadbirlar, ta’lim tizimi, zamonaviy texnologiyalar va media vositalari orqali targ‘ibot, shuningdek, musiqiy festival va tanlovlar orqali yoshlarni jalb qilish yo‘llarini ko‘rib chiqadi. Maqom san'ati yoshlar uchun faqat musiqa emas, balki milliy madaniyatni anglash va qadrlash imkoniyatini taqdim etadi. Yoshlarni maqom san'atiga qiziqtirish, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va milliy merosga hurmatni shakllantirishga xizmat qiladi.

PDF

References

Milliy maqom san’ati rivojlanadi - https://kun.uz/news/2018/01/28/millij-makom-sanati-rivozlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 30.08.2023 yildagi PQ-289-son - https://lex.uz/uz/docs/-6594086

Xalq musiqa ijodiyoti https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/06/13/NamDU-ARM-6173-Xalq_nmusiqa_ijodi_.pdf

Yoshlar tarbiyasida musiqaning ahamiyati - https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/download/28063/28890

“Mumtoz musiqani yoshlar tarbiyasidagi o’rni” - https://www.academia.edu/115301207/_Mumtoz_musiqani_yoshlar_tarbiyasidagi_o_rni_