AFV VA AMNITSIYA INSTITUTLARINING JINOIY JAVOBGARLIKNI YENGILLASHTIRISHDAGI O'RNI VA HUQUQIY ASOSLARI
PDF

Keywords

Afv instituti, amnistiya instituti, jinoiy javobgarlikni yengillashtirish, huquqiy asoslar, insonparvarlik tamoyili, adolat prinsipi, kechirimlilik siyosati, jinoyat-huquqiy siyosat, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Prezident farmonlari, Oliy Majlis qarorlari, huquqiy islohotlar, ijtimoiy barqarorlik, mahkumlarni qayta ijtimoiylashtirish, huquqni muhofaza qilish tizimi, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati.

Abstract

Mazkur maqolada afv va amnistiya institutlarining O‘zbekiston Respublikasida jinoiy javobgarlikni yengillashtirishdagi o‘rni, ularning huquqiy asoslari hamda amaliy ahamiyati tahlil etilgan. Afv va amnistiya insonparvarlik, adolat va ijtimoiy barqarorlik tamoyillariga asoslangan huquqiy institutlar bo‘lib, ular jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan davlatning kechirimlilik siyosatini ifodalaydi. Maqolada ushbu institutlarning mazmun-mohiyati, ularni qo‘llash tartibi, farqli va o‘xshash jihatlari, shuningdek, ularning jinoiy siyosatdagi o‘rni keng yoritilgan. Shuningdek, afvni Prezident tomonidan yakka tartibda qo‘llaniladigan akt sifatida, amnistiyani esa Oliy Majlis tomonidan jamoaviy tarzda qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjat sifatida qo‘llash amaliyoti huquqiy jihatdan tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Afv to‘g‘risida”gi Prezident farmonlari hamda “Amnistiya to‘g‘risida”gi qonunlar asosida bu institutlarning huquqiy bazasi o‘rganilgan.Maqolada, shuningdek, afv va amnistiyaning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati, ularning inson huquqlarini ta’minlash va mahkumlarni jamiyatga qayta ijtimoiylashtirishdagi roli haqida ham fikr yuritilgan. Amaliy misollar asosida ushbu institutlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, afv va amnistiya institutlari jinoyat-huquqiy siyosatning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, insonparvarlik tamoyillarini ro‘yobga chiqarish, jinoiy javobgarlikni yengillashtirish va jamiyatda ijtimoiy totuvlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

PDF

References

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 95 - moddasi 7 - bandi, 2023 - yil 30 - apreldagi soni

O'zbekistonRespublikasiKonstitutsiyaning 109 -moddasi 23 -bandi,2023-yil30-apreldagisoni

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 - yil 8 - maydagi PF - 5439 son farmoniga ilova, O'zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to'g'risidagi nizom 1- bob 2 bandi

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. – Toshkent: “Adolat”, 2022-y.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Amnistiya to‘g‘risida”gi qarorlari. – Rasmiy nashrlar to‘plami, 1996–2024-yillar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining afv to‘g‘risidagi farmonlari. – Prezident.uz rasmiy sayti, 2017–2024-yillar.

Xakimov X. Jinoiy javobgarlikni yengillashtirish institutlari. – Toshkent: TDYuU nashriyoti, 2020-y.

Tursunov A. Insonparvarlik tamoyillari va jinoiy siyosat. – Toshkent: Adolat, 2019-y.

Saidov A.X. O‘zbekiston Respublikasining huquqiy siyosati va inson huquqlari himoyasi. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2021-y.

Karimova M. Amnistiya va afv institutlarining xalqaro huquqiy asoslari. // “Huquq va burch” jurnali, №3, 2022-y.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rasmiy axborot byulleteni. – Toshkent, 2024-y.