Abstract
Mazkur maqola jamiyatning ma’naviy barqarorligi, insonlarning o‘zaro munosabat madaniyati va millatning kelajagi yosh avlodning qanday tarbiya olishi bilan chambarchas bog‘liq. Tarbiya jarayonida axloqiy qadriyatlarning o‘rni beqiyosdir.
Chunki axloq — bu insonning ichki dunyosi, uning fazilatlari, iymoni, vijdoni va xulq-atvorining asosiy mezonidir. Shuning uchun yoshlarni barkamol inson qilib voyaga yetkazishda axloqiy qadriyatlarga tayanish har qanday jamiyat uchun muhim strategik vazifadir. Axloqiy fazilatlarini oshirishda madaniy qadriyatlarning ahamiyatini o'rganishga bag'ishlangan. Unda madaniyat, axloqiy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasining o'zaro bog'liqligi tahlil qilinadi. Yoshlar o'z madaniy merosini, urf-odatlarini va an'analarini bilib, ularni zamonaviy hayot bilan uyg'unlashtirish orqali o'z axloqiy fazilatlarini mustahkamlashi mumkin. Maqolada madaniy qadriyatlarning yoshlar axloqiga ta' siri, milliy va umumbashariy qadriyatlarni o'zida mujassamlashtirgan axloqiy tamoyillar asosida axloqiy tarbiya jarayonini samarali tashkil etish yo'llari ko'rsatiladi. Madaniyat, adolat, halollik, mehr-muhabbat kabi qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish orqali ularning axloqiy kamolotiga erishish mumkinligi ta'kidlanadi.
References
Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi: (Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar.-T.:Sharq,2001.
Sagdullayev A. S. O'zbekiston tarixi. - T.: VNESHINVESTPROM, 2019.
Ziyomuhammadov B., Ziyomuhammedova S., Qodirova S. Ma'naviyat asoslari. T.: O'zbekiston Milliy etiklopediyasidavlat ilmiy nashriyoti, 2000.
Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. - Т: «Sharq», 2010. - 512 b.
Ma'naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug'ati. T.: G'.G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010.
www.goole.uz