Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekistonning cho‘l va yarim cho‘l hududlarida saksovul o‘simligini ko‘paytirish va sun’iy ekinzorlar barpo etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yoritilgan. Saksovulning biologik xususiyatlari, urug‘dan ko‘chat yetishtirish va ochiq maydonga ekish texnologiyalari ilmiy asosda tahlil qilingan. Maqolada “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Orolqum, Qizilqum va Ustyurt hududlarida saksovulzorlarni kengaytirish tajribalari keltirilgan. Shuningdek, saksovulni parvarish qilish, qum ko‘chishini to‘xtatish va ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni ochib berilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston sharoitida saksovul ekish texnologiyasini takomillashtirish, ekologik xavfsizlikni mustahkamlash hamda cho‘llanish jarayonlarini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega.
References
A.Qayimov va E.T.Berdiyev Dendrologiya -T; Cho’lpon 2012-yil
A.Q.Qayimov Dendrologiya -T; ‘’Ilm-ziyo’’ 2007
Ablaev S.M Yuldashov Ya.X. Madaniyat o’rmonlari. Toshkent,2008
A.U.Usmonov Dendrologiya -T ‘’O’qituvchi’’ 1974
www.ekogazeta.uz
https;//urmon.gov.uz