KO‘ZNING FUNKSIONAL KASALLIKLARINI VIZUAL MASHQLAR YORDAMIDA KAMAYTIRISH VA OLDINI OLISHNING ILMIY ASOSLARI
PDF

Keywords

ko‘z mashqlari, bates usuli, vision threapy, ko‘z gigyenasi, fokuslash usuli.

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada ko‘zning funksional kasalliklarini – miopiya, gipermetropiya, akkomodatsion spazm va kompyuter ko‘rish sindromini maxsus vizual mashqlar yordamida kamaytirish va oldini olish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot AQSH optometriya markazlari, xususan American Optometric Association, National Eye Institute va Vision Therapy Institute tomonidan olib borilgan klinik tajribalar hamda statistik ma’lumotlarga asoslanadi.

Ko‘z mushaklarining fiziologik xususiyatlari, ularning charchashi va akkomodatsion buzilishlar shakllanish mexanizmi yoritiladi. Maqolada Bates usuli, fokusni almashtirish, sakkizlik chizish, ko‘z aylanmalari singari mashqlar kompleksi yoritilib, ularning mushak elastikligi va qon aylanishiga ta’siri ilmiy nuqtai nazardan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, muntazam bajarilgan mashqlar ko‘rish keskinligini tiklash, kompyuter ko‘rish sindromi belgilarini kamaytirish va miopiya rivojlanish sur’atini sekinlashtirishi mumkin.

PDF

References

American Optometric Association, Computer Vision Syndrome: Clinical Findings and Recommendations, 2022

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi, Ko‘z kasalliklari va ularning profilaktikasi, Toshkent, 2020

Abdullaev M., Ko‘z mushaklari mashqlari va ularning samaradorligi, Toshkent, 2019

Raxmonov A., Miopiya va kompyuter ko‘rish sindromi, Samarqand, 2021

Bates W.H., The Cure of Imperfect Sight by Treatment, 1920

Harvard Medical School, Ophthalmology Review: Visual Fatigue and Digital Eye Strain, 2020

Vision Therapy Institute, Visual Training Methods and Clinical Results, 2019