Abstract
Ushbu maqolada xalqaro yuk tashuvlarini tashkil etish va ularni tartibga solishda xalqaro tashkilotlarning o‘rni, vazifalari hamda ularning logistika tizimiga ta’siri tahlil qilinadi. Xususan, BMT (UN), Xalqaro transport forumi (ITF), Xalqaro dengiz tashkiloti (IMO), Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti (ICAO), Jahon bojxona tashkiloti (WCO) va Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi (IRU)ning xalqaro transport siyosatini shakllantirishdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Maqolada xalqaro huquqiy me’yorlar, transport xavfsizligi, ekologik barqarorlik hamda bojxona jarayonlarini soddalashtirishdagi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida tizimli va solishtirma tahlil metodlaridan foydalanilgan. Natijada xalqaro tashkilotlar ishtirokida transport jarayonlarini yagona standartlar asosida muvofiqlashtirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va logistika zanjirlarining uzluksizligini kafolatlashning dolzarbligi asoslab berilgan.
References
UNECE. Transport Agreements and Conventions. Geneva, 2023. – pp. 45–52.
ITF. Transport Outlook 2024. OECD Publishing, 2024. – pp. 18–27; 102–110.
IMO. SOLAS Consolidated Edition 2023. London, 2023. – pp. 7–13; 98–103.
ICAO. Chicago Convention and Annexes. Montreal, 2022. – pp. 56–61.
WCO. SAFE Framework of Standards. Brussels, 2023. – pp. 33–38; 112–118.
IRU. TIR System Guidelines. Geneva, 2023. – pp. 14–20; 59–63.
UNCTAD. Review of Maritime Transport 2024. Geneva, 2024. – pp. 41–49; 132–140.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi. 2024-yil xalqaro yuk tashuvlari hisobotlari. Toshkent, 2024. – pp. 5–11.