Abstract
Ushbu maqolada taqlid birliklarini leksikografik modellashtirish masalasi izohli lug‘atlar tajribasi asosida tahlil qilinadi hamda ularni takomillashtirish yo‘llari yoritiladi.
Taqlid birliklari fonosemantik tabiatga ega bo‘lib, nutqda tasviriylik, ekspressivlik va emotsional rang-baranglikni ta’minlaydi. Maqolada taqlid birliklarini lug‘at maqolasi tarkibida ifodalashning struktur modeli, semantik tavsiflash prinsiplari, uslubiy belgilash, fonetik variantlarni qayd etish hamda kontekstual misollar orqali yoritish usullari tahlil qilinadi.
Shuningdek, zamonaviy leksikografiyada elektron lug‘atlar, korpus ma’lumotlari va raqamli texnologiyalar asosida taqlid birliklarini modellashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Tadqiqot natijalari taqlid birliklarini ilmiy asosda modellashtirish til boyligini to‘liq aks ettirish va lug‘atlarning amaliy qiymatini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.
References
Реформатский А. А. Введение в языковедение. Москва, 2016.
Виноградов В. В. Русский язык. Грамматическое учение о слове. Москва, 2001.
Ахманова О. С. Словарь лингвистических терминов. Москва, 2004.
Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili leksikologiyasi. Toshkent, 2010.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent, 2006.
Hartmann R. R. K., James G. Dictionary of Lexicography. London, 2018.