Abstract
Hozirda O‘zbekiston bank tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish va ularning samaradorligini oshirish masalasi mamlakatning umumiy raqamli transformatsiya jarayonining muhim qismi hisoblanib kelmoqda. Ushbu tezisda bank sektorida mobil ilovalar, sun’iy intellekt, blokcheyn, bulutli hisoblash va avtomatlashtirish kabi zamonaviy texnologiyalarning roli ko‘rib chiqildi. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, bank tizimini isloh qilish dasturlari va xalqaro tajribaga asoslangan holda raqamli xizmatlarning aholiga qulaylik yaratishi, operatsion jarayonlarni soddalashtirishi va moliyaviy xizmatlarni kengaytirishi tahlil qilindi. O‘zbekistonda tijorat banklari tomonidan joriy etilayotgan masofaviy xizmatlar, onlayn to‘lov platformalari va biometrik tasdiqlash tizimlari misolida mahalliy rivojlanish ko‘rsatilgan. Tezisning asosiy maqsadi O‘zbekiston sharoitida raqamli texnologiyalarning samaradorligini oshirishning amaliy yo‘llarini taklif etishdan iboratdir.
O‘rganib chiqilgan ma’lumotlarga asoslanib, kibertahdidlarga qarshi kurash, kadrlar malakasini oshirish, infratuzilmani rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklikni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Shuningdek, ushbu yondashuv orqali banklarning raqobatbardoshligini oshirish, aholining moliyaviy inklyuziyasini ta’minlash va iqtisodiyotning raqamli rivojlanishiga hissa qo‘shishga xizmat qiladi degan xulosaga kelindi
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6079-son Farmoni, 05.10.2020. “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. – Toshkent: Lex.uz rasmiy portali. https://lex.uz/docs/-5030957
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-158-son Farmoni, 11.09.2023. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida. – Toshkent: Lex.uz. https://lex.uz/docs/-6600413
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Yillik hisobotlar (2024–2025 yillar). – Toshkent: Markaziy bank rasmiy sayti va nashrlari.
Makhmudov N. va boshq. Digitalization of the banking sector in Uzbekistan: The impact of business intelligence on managing transformation processes // Scientia Report. – 2025. – № 1. https://previous.scientia.report/index.php/archive/article/view/3342/3385
Xurramova F. B. Bank va moliya sohasida raqamli transformatsiya // Central Asian Journal of Academic Research. – 2025. – Vol. 3, Issue 02, Part 2. https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/download/46000/29385/50075
Ortikov O. Digital Transformation and Market Competition in Banking: An Econometric Analysis of ROE Influencers in Uzbekistan // ACM Digital Library. – 2024. https://dl.acm.org/doi/full/10.1145/3726122.3726203
Raqamli transformatsiya sharoitida O‘zbekiston bank tizimining rivojlanish istiqbollari // КиберЛенинка (CyberLeninka). – Ilmiy maqola. https://cyberleninka.ru/article/n/raqamli-transformatsiya-sharoitida-o-zbekiston-bank-tizimining-rivojlanish-istiqbollari
Maksudov A. Raqamli transformatsiya va bank samaradorligini oshiruvchi raqamli texnologiyalar tahlili // International Journal of Finance and Digitalization. – 2024–2025. https://www.ijfd.uz/2024-6/2024-6-9.pdf