Abstract
Mazkur maqolada voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning sabablari, ularning jamiyat va davlat uchun keltirib chiqaradigan salbiy oqibatlari hamda bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy asoslar, davlat siyosati va tizimli islohotlar yoritib berilgan.
Maqolada statistik ma’lumotlar asosida voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyat turlari hamda ularning ko‘payishiga sabab bo‘layotgan omillar, jumladan oilaviy muhit, tarbiya masalalari, ijtimoiy nazoratning sustligi va bandlik muammolari muhokama qilinadi.
Shu bilan birga, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy ongini va huquqiy madaniyatini oshirish, ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish hamda davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
References
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2023.- https://lex.uz/docs/-6445145
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2024. - https://lex.uz/docs/-111453
Oʻzbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni. – Toshkent, 2008. - https://lex.uz/docs/-1297315
Oʻzbekiston Respublikasi Statistika agentligi. Voyaga yetmaganlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha statistik maʼlumotlar. – Toshkent, 2025. - https://kun.uz/news/2025/03/24/100-mingga-yaqinlashgan-mamuriy-qamoq-5-barobar-oshgan-deportatsiya-ozbekistonda-huquqbuzarliklar-statistikasi