Abstract
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida raqamli marketingni amaliyotga joriy etish masalalari va uni xorijiy tajriba asosida takomillashtirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida raqobatning kuchayishi, oliy ta’lim tashkilotlari sonining ortishi va raqamli kommunikatsiyalarning boshqaruvdagi ahamiyati ortib borayotgani sharoitida universitet marketingini amaliy jihatdan qayta ko‘rib chiqish zarurati asoslab beriladi. Maqolada qiyosiy tahlil, kontent tahlili, keys-stadi va sintez usullaridan foydalanildi. Natijada oliy ta’lim muassasalarida raqamli marketingni samarali joriy etishning uch tayanch yo‘nalishi aniqlandi: markazlashgan raqamli boshqaruv, platformalar bo‘yicha diferensial kontent siyosati va analitika hamda CRMga tayangan qaror qabul qilish. Xorijiy tajriba asosida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
References
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi. 2025-yilda o‘z faoliyatiga oid hisobot. 2026.
Ubaydullayev A.T., Sharibayev Y.S. Oliy ta’lim xizmatlari bozorini shakllantirishda davlat siyosatining o‘rni. Innovations in Science and Technologies, 2025, 6-son.
Yuldashov.I. Oliy ta’lim xizmatlari bozorida marketing faoliyatini tashkil etish va amalda rivojlantirish asoslari. GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 2025, 3(6).
Raximov F.Sh. Ta’lim tizimida raqamli marketing strategiyalarining ahamiyati. Наука и технология в современном мире, 2025, 4(29).
Jiang S., Tahat K., El Gody A., Al Mansoori A. Employing social media in building academic brands of the UAE’s universities: A comparative analysis. Online Journal of Communication and Media Technologies, 2025, 15(1), e202505.
Potelwa C., Phale T., Koopman A., Ligaraba N. Investigating the Impact of Social Media Marketing Activities on University Brand Preference and Word of Mouth Communication. Studies in Media and Communication, 2025, 13(2), 342–354.
Masele J.J., Rwehikiza D.P. Applications of Social Media for Promoting Higher Learning Institutions’ Activities in Tanzania. IJEDICT, 2021, 17(2), 37–54.
Missaoui Y. Saudi private universities’ social media marketing on X. International Journal of Education and Research, 2025.
Safitri D.E., Wulandary D.A., Nuzzila S.F. va boshq. Leveraging Social Media for Higher Education Marketing: A Content Analysis Approach. AJHSSR, 2025, 9(7), 462–469.