Abstract
Ushbu maqolada to‘g‘ri ovqatlanishning inson salomatligidagi o‘rni hamda avitaminoz muammosining kelib chiqish sabablari keng yoritilgan. To‘g‘ri ovqatlanish organizmning normal faoliyat yuritishi, immunitetning mustahkam bo‘lishi va kasalliklarning oldini olishda muhim omil hisoblanadi.
Maqolada oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi, vitamin va minerallarning ahamiyati, ularning yetishmovchiligi oqibatida yuzaga keladigan salbiy holatlar tahlil qilingan.
Shuningdek, avitaminozning asosiy belgilari, uning inson organizmiga ta’siri hamda oldini olish yo‘llari ilmiy asosda bayon etilgan. Muallif tomonidan sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, muvozanatli ovqatlanish tamoyillariga amal qilish va vitaminlarga boy mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish zarurligi ta’kidlangan. Ushbu maqola keng kitobxonlar ommasi, ayniqsa yoshlar uchun foydali bo‘lib, sog‘lom hayot tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladi.
References
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. “Sog‘lom ovqatlanish qo‘llanmasi”. Toshkent, 2020.
Karimov Sh., Toshpulatova N. “Ovqatlanish gigiyenasi va vitaminlar ahamiyati”. Toshkent, 2019.
Murodova D. “Avitaminoz: sabablari va oldini olish yo‘llari”. Tibbiyot jurnali, 2021, №3.
Abdullayev A., Xasanov B. “Sog‘lom turmush tarzi va ratsional ovqatlanish”. Toshkent, 2018.