Аннотация
Mazkur maqolalada o‘zbek milliy madaniyatining muhim qismi bo‘lgan chavandozlik san’ati tarixiy, badiiy va ma’naviy jihatdan keng tahlil qilinadi. Xususan, Abdulla Qodiriyning “Uloqda” hamda Shukur Xolmirzayevning “Ot egasi” hikoyalari asosida ot va inson o‘rtasidagi munosabat, chavandozlikning milliy qadriyat sifatidagi o‘rni yoritib beriladi.
Maqolalarda chavandozlik nafaqat sport yoki o‘yin sifatida, balki jasorat, sadoqat, mehr-oqibat va insoniylik timsoli sifatida talqin etiladi. Shuningdek, ushbu asarlar orqali xalqona xarakter, ijtimoiy muhit va inson ruhiyatidagi o‘zgarishlar chuqur ochib berilgan. Ot obrazi badiiy adabiyotda ramziy ma’no kasb etib, insonning ichki dunyosi, erkinlikka intilishi va ma’naviy qadriyatlari bilan bog‘liq holda tasvirlanadi. Tadqiqot natijasida chavandozlik san’ati o‘zbek xalqining tarixiy merosi sifatida bugungi kunda ham dolzarbligini saqlab qolayotgani, uning yosh avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutishi asoslab beriladi.
Библиографические ссылки
Qodiriy A. “Uloqda” – Hikoyalar to‘plami. Toshkent: Sharq nashriyoti, 2010. (19 bet).
Qodiriy A. “O‘tkan kunlar”. Toshkent: Sharq nashriyoti, 2010. (badiiy roman).
Qodiriy A. “Mehrobdan chayon”. Toshkent: Yangi nashr, 2006. (badiiy roman).
A’zamov I. “Abdulla Qodiriy va uning asarlari”. Toshkent: Fan nashriyoti, 1993. (darslik).
Rahmon O. O‘zbekiston adabiyoti tarixi. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2002. (ilmiy tadqiqot).
Yunusxo‘jayeva M. Shukur Xolmirzayevning “Odam”, “Ot egasi”, “Ota yurt” hikoyalari badiiyati.” Modern Science and Research, 2025, №5, B.629–631.
Normatov B.J. “Shukur Xolmirzayev ijodining o‘zbek adabiyotidagi o‘rni.” Modern Education and Development, 2026, Vol.46 №4.
Doniyorova S.H. Shukur Xolmirzayev hikoyalarining badiiy-uslubiy o‘ziga xosligi. Filol. fanlari nomzodi diss. avtoref., Toshkent, 2000.
Kamolov A.K. Shukur Xolmirzayev. Ijodiy portreti. Toshkent: Qatortol-Kamolot, 1999.
Tavaldiyeva G. Shukur Xolmirzayev ijodiy yo‘li. Toshkent: 2001. (ilmiy monografiya).