Abstract
Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida ko‘chmas mulk va ayrim transport vositalari oldi-sotdi shartnomalarida hisob-kitoblarni amalga oshirishning yangi tartibini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada Adliya vazirligi va Markaziy bankning 3790-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom tahlil qilinib, eskrou hisobvarag‘i mexanizmi, notariuslar va banklar o‘rtasidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi hamda uning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalari naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish, firibgarlik xavfini kamaytirish va bitimlarda shaffoflikni ta’minlash borasida ijobiy natijalarni ko‘rsatdi. Shu bilan birga, yangi tartibning afzalliklari, qiyinchiliklari va kelajak istiqbollari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Maqola yuridik amaliyotda naqdsiz hisob-kitoblarning rolini oshirish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish masalalariga qaratilgan.
Global tajribalar va O‘zbekiston qonunchiligidagi o‘zgarishlar tahlil qilinib, eskrou tizimining samaradorligi baholandi.
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-son “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni. Lex.uz.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2026-yil 13-martdagi
-son va Markaziy bank boshqaruvining 2026-yil 12-martdagi 7/1-son qarori (ro‘yxat raqami 3790). “Ko‘chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun notariuslar va banklar o‘rtasida elektron ma’lumotlar almashish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 10/26/3790/0247-son. Lex.uz.
Ko‘chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun notariuslar va banklar o‘rtasida elektron ma’lumotlar almashish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (3790-sonli qarorga ilova).
“Ko‘chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish sxemasi” (Nizomga 1-ilova).
Markaziy bank va Adliya vazirligining rasmiy axborotlari (2026-yil).