Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslik masalalariga e’tibor qaratilgan.
Tilshunoslikning yangi yo‘nalishlaridan biri bo’lgan pragmalingvistikaning tayanch tushunchalaridan biri bo’lgan pressupozitsiya hodisasining o‘rganilishi va qo‘shma gaplarda mustaqil so‘z turkumlari vositasida mazkur hodisaning nazariy asoslari haqida fikr yuritilgan.
Maqolada qo‘shma gaplar strukturasi va ularning semantik-pragmatik qurilishida mustaqil so‘z turkumlarining tutgan o‘rni tahliliy jihatdan yoritilgan. Maqolaning asosiy mazmunini presuppozitsiyaning nazariy poydevori, uning lisoniy tabiati hamda qo‘shma gap tarkibiy qismlari orasidagi mantiqiy bog‘liqlikni yuzaga keltirishdagi ahamiyati tashkil etadi.
Xususan, otlar predmetlik ma’nosi orqali, sifatlar belgi-xususiyatni konkretlashtirish orqali, olmoshlar esa ishora va anaforik bog‘lanishlar vositasida yashirin axborotni – presuppozitsiyani qanday shakllantirishi tahlil qilinadi. Shuningdek, muloqot jarayonida paralingvistik va sotsial vositalarning ushbu lisoniy hodisaga ta’siri hamda matn ichidagi axborotning ixcham va mazmunli berilishida mustaqil so‘z turkumlarining pragmatik imkoniyatlari ilmiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi. Maqolada keltirilgan argumentlar qo‘shma gaplarda ma’no qatlamlarini ochib berishda leksik-grammatik birliklarning vazifaviy xususiyatlarini aniqlashga xizmat qiladi.
References
Nurmonov A., Mahmudov N., Ahmedov A., Solixo‘jayeva S. O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi. – Toshkent: Fan, 1992. – B. 215.
Nurmonov A., Hakimov M. Lingvistik pragmatikaning nazariy shakllanishi //Oʻzbek tili va adabiyoti. 2001. – №4. – B. 56-57.
Раҳимов Ў.Э. Ўзбек тилида юкламалар пресуппозицияси. Филол. фан…номз…дисс.. – Андижон, 1994. – Б. 159.
Ҳакимов М. Тагмаъно ва тагбилим хусусида баъзи мулоҳазалар // Ўзбек тили ва адабиёти. - Тошкент. - 2001. - №1. – Б. 133.
Hakimov M. Oʻzbek pragmalingvistikasi asoslari. – Toshkent, 2013. – 173 b.
Раҳимов У. Лисоний пресуппозиция / Айюб Ғулом ва ўзбек тилшунослиги: Илмий мақолалар тўп. – Тошкент. 2004. – Б.258.
Раҳимов У. Тагмаъно ва пресуппозиция // Ўзбек тил ва адабиёти. – Тошкент. 2005. - №5. – Б.132.
Сайфуллаева Р., Менглиев Б, Бокиева Г. Kурбaнова M., М.Юнусова, Абузалова М, Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Фан ва технология, 2010. – 620 б.
Safarov Sh. Pragmalingvistika. – Toshkent, 2008. – 285 b.