TOʻLQIN HAYITNING “POKLIK UYI” HIKOYASIDAGI MA’NAVIY-AXLOQIY QARASHLAR
PDF

Keywords

Toʻlqin Hayit; Poklik uyi; poklik konsepti; ma’naviyat; axloq; uy makoni; badiiy detal.

Abstract

Ushbu maqolada Toʻlqin Hayitning “Poklik uyi” hikoyasida badiiy tafakkur orqali ifodalangan ma’naviy-axloqiy qarashlar tizimi tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi hikoyadagi poklik konseptining individual va ijtimoiy mas’uliyat, uy makoni, xotira hamda kundalik odatlarning axloqiy semantikasi bilan bogʻliq qatlamlarini aniqlashdan iborat.

Metodologiya sifatida yaqin matniy oʻqish, narratologik tahlil, konseptual-semantik yondashuv va aksiologik talqin uygʻun qoʻllanadi; badiiy detallar va personaj nutqining qiymat yoʻnaltiruvchi funksiyasi ajratib ko‘rsatiladi. Ilmiy yangilik shundaki, hikoyadagi “uy” motivi faqat makon belgisi emas, balki poklikni ishlab chiqaradigan, sinovdan oʻtkazadigan va nazorat qiladigan axloqiy institut sifatida yoritiladi; poklik esa gigiyenik holat emas, balki me’yor, vijdon va tartibning estetik-etik sintenzi sifatida talqin etiladi. Natijalar hikoyaning ma’naviy xulosasi ijtimoiy hukm emas, balki o‘zini tarbiyalash mexanizmlarini ko‘rsatishini asoslaydi.

PDF

References

Yoʻldoshev Q. Oʻzbek hikoyachiligi poetikasi. Toshkent, Akademnashr, 2018. 248 b.

Karimov B. Zamonaviy oʻzbek nasrida badiiy tafakkur va uslub muammolari. Toshkent, Fan, 2020. 320 b.

To‘lqin Hayit. Boyvachchaning qizi. Toshkent, “O‘zbekiston”, 2008.

Бахтин М. М. Формы времени и хронотопа в романе. Вопросы литературы и эстетики. Москва, Художественная литература, 1975. С. 234–407.

Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent, Akademnashr, 2017. 272 b.

Lotman Yu. M. Semiosfera. Sankt-Peterburg, Iskusstvo-SPB, 2000. 704 s.

Ricoeur P. Interpretation Theory: Discourse and the Surplus of Meaning. Fort Worth, Texas Christian University Press, 1976. 112 p.