Abstract
Ushbu maqola suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanishning dolzarb masalalarini yoritishga bag‘ishlangan. Global iqlim o‘zgarishlari, aholining ortib borayotgan ehtiyoji va sanoat taraqqiyoti natijasida suvga bo‘lgan talab ortib borayotgan bir paytda, ushbu resursni tejash va undan maqsadli foydalanish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada, eng avvalo, suv tanqisligining kelib chiqish sabablari, xususan, noto‘g‘ri irrigatsiya tizimlari, isrofgarchilik, ekologik omillar va aholining yetarli darajada suv foydalanish madaniyatiga ega emasligi kabi jihatlar tahlil qilinadi.
Shuningdek, maqolada suvdan foydalanish samaradorligini oshirishning zamonaviy usullari, jumladan, tomchilatib sug‘orish texnologiyalari, qayta ishlangan suvdan foydalanish, raqamli monitoring tizimlari va ekologik ta'lim muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Suvni tejashda aholining xabardorligini oshirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, shuningdek yosh avlodda suvga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishning zarurligi alohida ta'kidlanadi.