14-15 YOSHLI TAEKVONDOCHILARNI TEZKOR-KUCH TAYYORGARLIGINI OSHIRISH USULLARI
PDF (English)

Ключевые слова

Kuch-tezkorlik tayyorgarligi, reaktiv kuch, zarba kuchi, sakrovchanlik, anaerob quvvat, maxsus mashqlar, musobaqa faoliyati, taekvondo texnikasi.

Аннотация

Taekvondoda texnik harakatlar sportchining jangovar faoliyatini ta’minlovchi asosiy komponentlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, 14–15 yoshli taekvondochilarni tayyorlash jarayonida texnik harakatlarning samaradorligi ularning tezkor-kuch sifatlari rivojlanish darajasi bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Ushbu yosh bosqichi organizmning funksional imkoniyatlari jadal rivojlanadigan davr bo‘lib, tezkorlik va kuch sifatlarini maqsadli shakllantirish texnik-taktik tayyorgarlikni takomillashtirishda muhim omil sanaladi. Tezkor-kuch tayyorgarligi zarba berish tezligi va kuchini oshirish, himoya harakatlarining ishonchliligini ta’minlash, jang davomida tezkor o‘tishlar va kombinatsion harakatlarni samarali bajarishga xizmat qiladi. Jumladan, yuqori tezlikda bajariladigan oyoq zarbalari, sakrash elementlari hamda muvozanatni saqlagan holda qisqa vaqt ichida kuch hosil qilish qobiliyati sportchining musobaqa faoliyatida ustunlikka erishishiga zamin yaratadi.

PDF (English)

Библиографические ссылки

L.A.Po‘latov (2021). The importance of developing special skills in taekwondo in improving the technical and tactical training of 12–14 year old taekwondo fighters. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(9), 1031-1036.

Кузнецов А.А. Тхэквондо – настольная книга детского тренера. – М.: Олимпик человек, 2008. – 72 с.

Akramov R.A. Taekvondo: Darslik. – Toshkent: “O‘zDJTI” nashriyot-matbaa bo‘limi, 2006. – 406 b.

Beak Mung Join. L.A.Po‘latov Yuqori malakali taekvondochilarni o‘quv-mashg‘ulot jarayonini rejalashtirish va tashkil etish: Metodik tavsiyalar. – T., 1997. – 57 b.

Abidov Sh.U. “Yosh futbolchilarning o‘quv mashg‘ulot jarayonini tashkil qilish va rеjalashtirish”. Uslubiy tavsiyanoma. T., O‘zDJTI. 2011. – 38 b.