Abstract
Mazkur maqolada raqamli transformatsiya sharoitida madaniyat muassasalari menejmentini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan.
Tadqiqot davomida madaniyat va san’at muassasalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, raqamli boshqaruv tizimlarini rivojlantirish hamda innovatsion menejment mexanizmlaridan foydalanish masalalari ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, maqolada raqamlashtirish jarayonining muzeylar, teatrlar, kutubxonalar va madaniyat markazlari faoliyatiga ta’siri, auditoriya bilan kommunikatsiya samaradorligini oshirishdagi o‘rni ham tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalarni madaniyat muassasalari faoliyatiga integratsiya qilish boshqaruv samaradorligini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash, auditoriya qamrovini kengaytirish va xalqaro madaniy integratsiyani kuchaytirishda muhim omil hisoblanadi. Maqolada madaniyat muassasalari menejmentini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
References
Castells M. The Rise of the Network Society. — Oxford: Blackwell, 2010.
Kotler P. Marketing Management. — Pearson Education, 2016.
UNESCO. Culture in the Digital Environment. — Paris, 2021.
Nye J. Soft Power: The Means to Success in World Politics. — New York, 2004.
Karimov U. Madaniyat menejmentining zamonaviy tendensiyalari. — Toshkent, 2023.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat va san’at sohasiga oid farmon va qarorlari.
Qodirov B. Kreativ industriya va innovatsion boshqaruv asoslari. — Toshkent, 2022.