"MA’MURIY SUD ISHLARINI YURITISHDA DASTLABKI HIMOYA CHORALARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEXANIZMLARI"
PDF

Keywords

Ma’muriy sudlov, dastlabki himoya choralari, ma’muriy hujjat, ijroni to‘xtatib turish, qonuniylik prezumpsiyasi, sezilarli zarar, samarali sud himoyasi, manfaatlar muvozanati, Germaniya tajribasi (VwGO), ko‘chmas mulkni buzish (snos), qaytib bo‘lmas oqibatlar, vaqtinchalik huquqiy himoya,

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy sud ishlarini yuritish tizimidagi dastlabki himoya choralari (preliminary injunctions) institutining nazariy va amaliy muammolari kompleks tahlil qilingan. Muallif "Inson qadri uchun" tamoyili doirasida ma’muriy sudlar fuqaro va davlat o‘rtasidagi nizolarda samarali himoya vositasi bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi. Biroq, amaliyotda ma’muriy hujjatlarning "qonuniylik prezumpsiyasi" tamoyili sudyalarda davlat organining qarorlarini to‘xtatishga nisbatan haddan tashqari ehtiyotkorlik va cho‘chish hissini uyg‘otmoqda. Maqolada "snos", litsenziyalarni bekor qilish va yer uchastkalarini olib qo‘yish kabi qaytib bo‘lmas oqibatlar keltirib chiqaruvchi nizolar misolida amaldagi tizimning deklarativ xarakteri ochib berilgan. Tadqiqot davomida Germaniya tajribasi (VwGO) bilan qiyosiy tahlil o‘tkazilib, "avtomatik to‘xtatib turish" (suspensive effect) va "manfaatlarni muvozanatlash" metodikalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish zaruriyati asoslangan. Shuningdek, maqolada "fait accompli" (tugallangan fakt) xavfi va sud ajrimlarini bajarmaslik uchun belgilangan jarimalarning kamligi kabi tizimli kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqilgan. Yakunda O‘zbekiston ma’muriy sudlovining samaradorligini oshirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.

PDF

References

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi. 2018-yil 25-yanvar. O‘RQ-462-son.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 11-oktabrdagi "Ma’muriy ishlarni ko‘rishda dastlabki himoya choralarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida"gi qarori.

Verwaltungsgerichtsordnung (VwGO) – Germaniya Federativ Respublikasining Ma’muriy sudlov tartibi to‘g‘risidagi qonuni, 21.01.1960.

Germaniya ma’muriy-huquqiy tizimida vaqtinchalik huquqiy himoya institutining o‘ziga xos xususiyatlari (VwGO 80, 123-paragraflari tahlili)

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. BMT Bosh Assambleyasining 217 A (III) rezolyutsiyasi, 10.12.1948.

Recommendation No. R (2004) 20 of the Committee of Ministers to member states on judicial review of administrative acts. Council of Europe, 2004

O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi – www.lex.uz.

Germaniya adliya va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federal vazirligi rasmiy sayti – www.gesetze-im-internet.de.