FOYDALI QAZILMA KONLARINI QAZIB OLISHGA TAYYORLASHDA SUVLI SKVAJINALARDAGI PORTLATISH ISHLARI PARAMETRLARINI TAKOMILLASHTIRISH
PDF

Keywords

burg‘ilash-portlatish ishlari, suvli skvajina, water deck blasting, portlash bosimi, portlovchi modda, tog‘ jinslarining maydalanishi, portlatish parametrlari, granit karyeri.

Abstract

Bugungi kunda foydali qazilma konlarini qazib olishga tayyorlashda burg‘ilash-portlatish ishlari (BPI) asosiy texnologik jarayonlardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, portlovchi skvajinalarda yer osti suvlarining to‘planishi portlovchi moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularning samaradorligini pasaytiradi. Natijada portlash energiyasining kamayishi tog‘ jinslarining yetarli darajada maydalanmasligiga, noo‘lcham bo‘laklar miqdorining ortishiga hamda qazish-yuklash va transport jarayonlari samaradorligining pasayishiga olib keladi.

Mazkur tadqiqotda skvajinadagi suvni chiqarib tashlamasdan, undan portlatish jarayonida samarali foydalanishga asoslangan “water deck blasting” texnologiyasi qo‘llanildi.

Ushbu usulda portlovchi modda zaryadining ma’lum bir qismi suv ustuni bilan almashtirilib, portlash energiyasining tog‘ jinslari massivi bo‘ylab samarali taqsimlanishi nazariy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot uchun zarur bo‘lgan texnologik va geometrik parametrlar “Granit” AJga qarashli granit karyeri ma’lumotlari asosida olindi hamda suvli va quruq skvajinalardagi portlash parametrlarining taqqoslama hisob-kitoblari amalga oshirildi.

Nazariy hisob-kitoblar natijasida suvli skvajinalarda hosil bo‘ladigan portlash bosimi quruq skvajinalarga nisbatan yuqoriroq ekanligi hamda portlovchi moddaning tog‘ jinslariga ta’sir radiusi kattaroq bo‘lishi aniqlandi. Olingan natijalar xalqaro ilmiy tadqiqotlar bilan taqqoslanib, ularning mosligi tasdiqlandi. Tadqiqot natijalari suvli skvajinalarda portlatish ishlari parametrlarini takomillashtirish, portlovchi modda sarfini optimallashtirish hamda tog‘ jinslarini samarali maydalash imkonini beradi.

PDF

References

Jimeno Carlos L., Jimeno Emilio L., Carcedo Francisco Javier Ayala. Drilling and Blasting of Rocks. Rotterdam: Balkema, 1995.

Konya Calvin J., Walter Edward J.. Surface Blast Design. New Jersey: Prentice Hall, 1990.

Persson Per-Anders, Holmberg Roger, Lee Jaimin. Rock Blasting and Explosives Engineering. CRC Press, 1994.

Langefors Ulf, Kihlström Björn. The Modern Technique of Rock Blasting. Wiley, 1978.

SME (Society for Mining, Metallurgy & Exploration). SME Mining Engineering Handbook. 3rd Edition. Society for Mining, Metallurgy and Exploration, 2011.

Orica. Blasting Fundamentals and Practices. Texnik qo‘llanma.

Dyno Nobel. Blasting Guide. Amaliy qo‘llanma.

Peter Atkins, Julio de Paula. Atkins’ Physical Chemistry. Oxford University Press. (termodinamika, termik dissotsiatsiya va fizik kimyo asoslari)

Stephen Turns. An Introduction to Combustion. McGraw-Hill. (yonish jarayonlari va termik parchalanish)

Kenneth S. Pitzer. Thermodynamics. (suyuqliklar va yuqori bosimdagi muhit xossalari)

Supercritical Fluid va yuqori bosimli suv xossalari bo‘yicha zamonaviy ilmiy maqolalar (Scopus, ScienceDirect bazalari).

Curtin University ilmiy tadqiqot ishlari (portlatish jarayonida suyuqlik muhitining ta’siri bo‘yicha).

Mining Engineering, Physical Chemistry va Thermodynamics yo‘nalishlaridagi zamonaviy ilmiy maqolalar (Google Scholar, Scopus).

O‘zbekiston Respublikasi konchilik sanoati va portlatish ishlari bo‘yicha amaldagi me’yoriy hujjatlar va texnika xavfsizligi qoidalari.