Abstract
Ushbu maqolada Anton Pavlovich Chexov hikoyalarida estetik ideal kategoriyasining namoyon bo‘lish xususiyatlari tadqiq etilgan. Maqolada Chexov ijodining shakllanish bosqichlari, uning jahon adabiyotidagi o‘rni va hikoyalarida estetik idealning noan‘anaviy ifodalanish tamoyillari tahlil qilingan. Xususan, “Niqob” va “Xameleon” hikoyalari misolida yozuvchining jamiyatdagi illatlarni satirik fosh etish, insonning ichki dunyosini psixologik tahlil qilish va kundalik hayot voqealari orqali estetik idealni bilvosita ifodalash mahorati ochib berilgan. Chexov estetik idealni an‘anaviy ijobiy qahramon orqali emas, balki salbiy obrazlar, satira va psixologik konfliktlar yordamida — ya‘ni “inson bunday bo‘lmasligi kerak” degan teskari tasvir orqali o‘quvchiga yetkazadi.
References
Аристотель. (1980). Поэтика. Тошкент: Ғ. Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти.
А.П. Чехов. (2018). Бўйинга осилган Анна. — Тошкент: “Ўқитувчи” НМИУ.
Quronov D. (2018). Adabiyot nazariyasi asoslari. Toshkent: Akademnashr.
Sanjar Sodiq. (2019). Yangi o‘zbek adabiyoti tarixi. “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi.
Каримов Н., Мамажонов С., Назаров Б., Норматов У., Шарафиддинов О. (1999). ХХ аср ўзбек адабиёти тарихи. Тошкент: Ўқитувчи.
Туропова П. (2020). Адабий эстетик идеал категориясининг трансформацияланиш жараёни. Тошкент: MUMTOZ SO‘Z.