Abstract
Ushbu maqolada Mirza Kenjabekning “Xushxabar” to‘plamidagi poetik san’atlarning badiiy-estetik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda istiora, talmeh, tazod va takror san’atlarining she’riy matndagi o‘rni hamda ularning ma’naviy-falsafiy mazmunni ifodalashdagi ahamiyati yoritilgan. Shoir poetikasida nur, zulmat, yo‘l, qalb kabi ramziy obrazlarning tasavvufiy va diniy-ma’rifiy mazmun bilan uyg‘unlashuvi ko‘rsatib berilgan.
Shuningdek, Qur’oniy qissalar va sharq mumtoz adabiyoti bilan bog‘liq talmehlarning she’rlarning badiiy ta’sirchanligini oshirishdagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada tazod va takror san’atlari orqali inson qalbidagi ruhiy kurashlar, iymon, muhabbat va komillik g‘oyalarining ifodalanishi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida “Xushxabar” to‘plamidagi poetik vositalar tizimi shoirning yuksak badiiy mahoratini namoyon etishi hamda zamonaviy o‘zbek she’riyatining ma’naviy-estetik taraqqiyotida muhim o‘rin tutishi asoslab berilgan.
References
Davlatov O. Alisher Navoiy she’riyatida Qur’on oyatlari va hadislarning badiiy talqini. Filol. fan. fal. dok. diss. -Samarqand, 2017.
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari. -Toshkent. “Akademnashr”, 2018.
Ernazarova G. Hozirgi o‘zbek she’riyatining meditativ tabiati. Fil. fan. dok. dis. -Toshkent, 2020.
Mirzo Kenjabek. Xushxabar. -Toshkent, 2018.