Abstract
Mazkur maqolada Luqmon Bo‘rixonning “Imom Moturidiy” romanida intertekstuallik hodisasining badiiy-estetik vazifalari tahlil qilinadi. Asarda Qur’oni Karim oyatlari, hadisi shariflar va diniy-falsafiy manbalardan foydalanish usullari yoritilib, ularning syujet rivoji, qahramonlar xarakterini ochish hamda Imom Moturidiy ta’limotining mohiyatini ifodalashdagi o‘rni ochib beriladi. Tadqiqot jarayonida romandagi intertekstual birliklarning ma’naviy-ma’rifiy mazmunni boyitish, diniy-falsafiy qarashlarni asoslash va o‘quvchiga estetik ta’sir ko‘rsatishdagi ahamiyati tahlil etilgan. Natijada, intertekstuallik asarning g‘oyaviy-badiiy yaxlitligini ta’minlovchi muhim poetik vosita ekanligi asoslanadi.
References
Mamajonov Z.A. Iqtibos san’ati va intertekstuallik xususida // Ilmiy xabarnoma / Seriya: Gumanitar tadqiqot. – Andijon: 2023 / 5 (73) – B. 85.
Quronov D, Mamajonov Z, Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug’ati. - Toshkent: Akademnashr, 2013. - 408 b.
Husayniy Atoulloh. Badoyi’ us- sanoiy. - Toshkent: Gafur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’ant. - 1981.
Luqmon Bo’rixon..Imom Moturidiy. – Toshkent:Yosh kuch, 2023.