Abstract
Mazkur tadqiqot O‘zbekiston hududida mol hamda qo‘y/echki go‘shtida antibiotik qoldiqlarining mavjudligini aniqlash, ularning tarqalish darajasini baholash va oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqot kesishma dizayn asosida amalga oshirildi. Tadqiqot doirasida yirik savdo markazlari hamda mahalliy dehqon bozorlaridan jami 20 ta go‘sht namunasi yig‘ildi, jumladan 10 ta mol go‘shti va 10 ta qo‘y/echki go‘shti namunasi tahlil qilindi.
Go‘sht tarkibidagi antibiotik qoldiqlarini aniqlash uchun mikrobiologik tezkor skrining usullaridan foydalanildi. Olingan natijalarga ko‘ra, mol go‘shti namunalarining 2 tasida (20%) antibiotik qoldiqlari aniqlangan bo‘lsa, qo‘y/echki go‘shti namunalarining 1 tasida (10%) ushbu ko‘rsatkich qayd etildi. Statistik tahlil natijalari (χ² = 0,67; p = 0,41) guruhlar o‘rtasida ishonchli farq mavjud emasligini ko‘rsatdi. Ya’ni, aniqlangan tafovut statistik jihatdan ahamiyatli emas va tasodifiy omillar bilan izohlanishi mumkin. Shu bilan birga, ehtimollik nisbati (OR = 2,25) mol go‘shtida antibiotik qoldiqlari aniqlanish ehtimoli qo‘y/echki go‘shtiga nisbatan yuqoriroq ekanligini ko‘rsatadi. Biroq, ushbu natija statistik jihatdan tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, amaliy nuqtai nazardan muhim tendensiyani ifodalaydi.
Tadqiqot natijalari go‘sht mahsulotlarida antibiotik qoldiqlarining mavjudligi oziq-ovqat xavfsizligi uchun muhim xavf omillaridan biri ekanligini tasdiqlaydi. Bu esa veterinariya dori vositalaridan oqilona foydalanish, belgilangan chiqarish (tanaffus) muddatlariga qat’iy rioya etish hamda go‘sht mahsulotlarini muntazam laboratoriya nazoratdan o‘tkazish zarurligini ko‘rsatadi. Shuningdek, olingan natijalar aholi salomatligini muhofaza qilish va antimikrob rezistentlik rivojlanishining oldini olishga qaratilgan profilaktik choralarni ishlab chiqishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
References
Jumadullayev B.H. va boshqalar. Qoramollarning mahsuldorligi va pushtdorligiga ta’sir qiluvchi omillar // Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Toshkent, 2019. – B. 16–20.
Nurmatov A.A., Allashov B.D., Jabborov Sh.Sh., Rustamova I., Tursunov Sh. Feeding farm animals based on the new innovative total mixed ration (TMR) technology // IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. – 2020. – Vol. 614. – Art. 012161 (1–6 p.).
Salimov Yu., Xoliqov A.A., Farmonov N.O. Veterinariya farmakologiyasi: amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun o‘quv qo‘llanma. – Samarqand: Papirus-Samarqand, 2021. – 256 b.
Abdurakhmanov A.A., Karimov Sh.R. Go‘sht va sut mahsulotlarining xavfsizlik ko‘rsatkichlari va ularni nazorat qilish usullari // O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jurnali. – 2020. – №4. – B. 45–49.
Iskandarov Q.M., Raximov B.T. Oziq-ovqat mahsulotlarida og‘ir metallarning gigiyenik baholanishi // Gigiyena va sanitariya. – 2019. – №2. – B. 28–32.
Suldina T.I. Oziq-ovqat mahsulotlarida og‘ir metallar miqdori va ularning inson organizmiga ta’siri // Ratsional ovqatlanish. – 2016. – №1. – B. 136–140.
Raxmatov D.S., Tursunova M.K. Go‘sht mahsulotlarini standartlashtirish va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari // Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Toshkent, 2022. – B. 210–214.
Yuldashev N.N., Axmedov S.X. Oziq-ovqat xavfsizligi va mahsulotlar tarkibidagi toksik elementlarni aniqlash // Food Safety and Quality xalqaro ilmiy jurnali. – 2021. – B. 55–60.