SURXONDARYO VILOYATIDA SANITARIYA INFRATUZILMASI VA ICHAK INFEKSIYALARI MUAMMOSI (1958–1964-YILLAR): ARXIV HUJJATLARI TAHLILI
pdf

Keywords

Surxondaryo viloyati, sanitariya infratuzilmasi, suv taʼminoti, ich terlama, dizenteriya, yuqumli gepatit, sanitariya-epidemiologiya xizmati, arxiv hujjatlari.

Abstract

Maqolada Surxondaryo viloyati davlat arxivi 77-fondining 129-yigʻmajildidagi 1958–1964-yillarga oid maʼlumotnoma va axborotlar asosida viloyatda ichak infeksiyalarining barqaror saqlanishi sabablari tahlil qilinadi. Bu yillarda kasalxona oʻrinlari bir necha barobar koʻpaygan, bezgak tugatilgan, difteriya keskin kamaygan. Shu bilan birga ich terlama va paratiflar bilan kasallanish 1959–1963-yillarda har 10 ming aholiga 8,7–13,1 oraligʻida tebranib turgan, dizenteriya yuqori darajada saqlangan, yuqumli gepatit esa oʻsgan.

Hujjatlar buning sababini sanitariya infratuzilmasida koʻrsatadi: aholining 90 foizdan ortigʻi ochiq ariq va quduq suvidan foydalangan, chiqindining 20–25 foizigina olib chiqilgan, kanalizatsiya boʻlmagan. Sogʻliqni saqlash organlari muammoni aniq tashxislagani, biroq uni hal etish vositalari boshqa idoralar qoʻlida boʻlgani asoslanadi.

pdf

References

Surxondaryo viloyati davlat arxivi (SurVDA). 77-fond, 1-roʻyxat, 129-yigʻmajild (Surxondaryo viloyatida sogʻliqni saqlash rivojining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida maʼlumotnomalar, 1953–1965). 192 varaq.

Муминова Г. Э. Медицина и здравоохранение Узбекистана: проблемы и последствия (1946–1990 гг.) (на примере южных областей Узбекистана): автореф. дисс. … канд. ист. наук. – Ташкент, 2000.

Xujanazarov A. Z. Oʻzbekistonda tibbiyot tizimi taraqqiyoti: natijalar va tahlillar (Surxondaryo viloyati misolida, 1991–2020 yy.): tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) diss. avtoreferati. – Termiz, 2023.

Khodjamberdiyev Kh. Ўзбекистонда иккинчи жахон урушдан кейинги ижтимоий ҳаёт: соғлиқни сақлаш соҳаси мисолида (1945–1950 йиллар) // Жамият ва инновациялар. – 2026. – № 7 (3). – Б. 90–96. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol7-iss3-pp90-96

Alikhojiyev M. Ikkinchi jahon urushi yillarida Oʻzbekiston SSRda epidemiologik vaziyat // Jamiyat va innovatsiyalar. – 2025. – № 6 (6). – B. 180–185. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6-pp180-185

Towards a malaria-free world: elimination of malaria in Uzbekistan. – Geneva: World Health Organization, 2024.

Zhalmurzina A., Mazhitova Zh., Omurova J., Kurumbaeva G. Infectious diseases and the causes of their spread in the Akmola region of Kazakh republic (1954–1965) // Medicina Historica. – 2026. – Vol. 10, № 1. – 18566. https://doi.org/10.69124/MH.2026.18566