Аннотация
Mazkur maqolada O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim tizimida pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlashda mentorlik faoliyatining pedagogik mohiyati, normativ-huquqiy asoslari, tashkiliy mexanizmlari va metodik ahamiyati tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarori hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 336-son buyrug‘i asosida mentor-o‘qituvchilarning vazifalari va kasbiy rivojlanish tadbirlarini tashkil etish xususiyatlari yoritiladi. “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarida mentorlikning pedagogik hamkorlik, metodik yordam, tajriba almashish va refleksiv faoliyatni rivojlantirishdagi o‘rni asoslanadi.
Библиографические ссылки
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son «Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori. – https://www.lex.uz/docs/-6981085
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son «Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori. – https://lex.uz/docs/-7271575
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 336-son «2025–2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining o‘quv reja va dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyrug‘i. – Toshkent, 2025.
UNESCO. Strengthening Teacher Training in Uzbekistan: Joint IsDB-GPE Smart ED. UNESCO Core Project Portal. – https://core.unesco.org/en/project/703UZB1000
Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti. «Kasbiy rivojlanish kuni» va «Kasbiy rivojlanish soati» tadbirlarini boshqarish jarayonlari raqamlashtirildi. – 2025. – https://www.avloniy.uz/uz/news/1270-kasbiy-rivojlanish-kuni-va-kasbiy-rivojlanish-soati-tadbirlarini-boshqarish-jarayonlari-raqamlashtirildi