PEDAGOG SHAXSIDA KASBIY QONIQQANLIKNI SHAKLLANTIRUVCHI MEXANIZMLAR: ILMIY-NAZARIY ASOSLAR VA AMALIY YONDASHUVLAR

Аннотация

Mazkur maqolada pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxsning kasbiy qoniqqanligini shakllantiruvchi mexanizmlar tizimli va tahliliy asosda o‘rganiladi. Psixologik, ijtimoiy va tashkiliy omillar o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqilib, ichki motivatsiya, kasbiy identifikatsiya, self-efficacy, emotsional barqarorlik, stressga chidamlilik kabi individual xususiyatlarning, shuningdek mehnat muhiti, ijtimoiy e’tirof, institutsional qo‘llab-quvvatlash kabi tashqi omillarning ta’siri ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Tadqiqotda ilg‘or xorijiy va mahalliy amaliyotlar, zamonaviy psixologik tadqiqot usullari (so‘rovnomalar, korrelyatsion tahlillar, empirik kuzatuvlar) asosida chuqur tahlillar beriladi. Xulosa va tavsiyalarda esa, o‘qituvchilarning kasbiy farovonligini oshirishga doir kompleks strategiyalar taklif etiladi.

PDF (English)