Аннотация
Mazkur maqolada O‘zbekiston kinematografiyasida portret janrining ahamiyati, tarixiy va zamonaviy qahramon obrazlarini yaratish masalasi tahlil qilinadi. Muallif tarixni bilish va uni san’at orqali yosh avlodga yetkazish milliy o‘zlikni anglashning muhim omili ekanini ta’kidlaydi.
Maqolada “Buddani izlab” hamda “Sharqdan taralgan nur” nomli portret filmlar tahlil qilinadi. “Buddani izlab” filmi yapon arxeologi Kato Keydze faoliyati orqali o‘zbek zaminining qadimiy tarixini yoritadi, madaniyatlararo aloqani ifodalaydi. “Sharqdan taralgan nur” filmi esa buyuk alloma Abu Ali ibn Sinoning hayoti va ilmiy merosini badiiy-hujjatli uslubda aks ettiradi. Har ikkala filmda rejissyorlarning estetik izlanishlari, zamonaviy qahramon obrazini yaratishdagi yondashuvlari tahlil etilgan.
Библиографические ссылки
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.
Mirziyoyev Sh.M. “O‘zbekkino” milliy agentligiga tashrifi chog‘ida so‘zlagan nutqidan. – “Xalq so‘zi” gazetasi, 2017-yil 16-avgust.
Xo‘jayev M. O‘zbek kinosi tarixi. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2015.
Mahmudov Sh., Merginbayeva R. Sharqdan taralgan nur (film ssenariysi va tahlil materiallari). – Toshkent: O‘zbekkino arxivi, 2009.
“Buddani izlab” hujjatli filmi. – “Lona studiyasi” va “O‘zbekkino” Milliy agentligi mahsuloti, 2009.
Xeller V. Publitsistika va vizual ifoda uslublari haqida. – Moskva: Iskusstvo, 2004.
Meli S. “Insoniyat tarixidagi daholar va ularning o‘rni.” – O‘zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasi, 2012-yil, №17.
Karimov N. Hujjatli kino va badiiy tafakkur. – Toshkent: Akademnashr, 2018.