Аннотация
Maqolada zamonaviy adabiyot taraqqiyoti jarayonida kichik hajmli nasriy janrlar tizimida drabble janrining o‘rni va estetik-poetik xususiyatlari tadqiq etiladi. Jamiyat hayotining jadallashuvi va axborot oqimining ortishi sharoitida ixcham, ammo mazmunan zich badiiy matnlarga bo‘lgan ehtiyoj kuchaygani ta’kidlanadi.
Maqolada drabblarning hajmiy cheklovlari, semantik zichligi, poetik minimalizm tamoyillariga asoslanganligi hamda syujet, konflikt va kompozitsiya masalalarining o‘ziga xosligi tahlil qilinadi. Drabble janri hikoya, novella, miniatyura va flash-fiction kabi kichik hajmli nasriy shakllar bilan qiyosiy jihatdan yoritilib, uning mustaqil poetik hodisa sifatidagi belgilari aniqlanadi. Tadqiqot natijalari drabblarning zamonaviy adabiyotda ixchamlik orqali chuqur estetik ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan muhim janr ekanini ko‘rsatadi.
Библиографические ссылки
Қуронов Д. Адабиёт назарияси асослари. – Тошкент: Akademnashr, 2018. – 320 б.
Хотамов Н., Саримсоқов Б. Адабиётшуносликка кириш. – Тошкент: Ўқитувчи, 2007. – 368 б.
Умуров Ҳ. Адабиёт назарияси. – Тошкент: Sharq, 2004. – 272 б.
Lodge D. The Art of Fiction. – London: Penguin Books, 1992. – 256 p.
Thomas S. Flash Fiction: A Guide. – New York: W. W. Norton & Company, 2019. – 240 p.
May C. E. Short Story Theories. – Athens: Ohio University Press, 1994. – 360 p.
Hunter A. The Cambridge Introduction to the Short Story in English. – Cambridge: Cambridge University Press, 2007. – 180 p.