PEDAGOGIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MALAKAVIY AMALIYOTNI TASHKIL ETISHNING UZLUKSIZ MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
PDF

Ключевые слова

malakaviy amaliyot, uzluksizlik, pedagogik kompetensiya, mentorlik, monitoring, ta’lim sifati, integratsiya.

Аннотация

Mazkur tezisda pedagogika oliy ta’lim muassasalarida malakaviy amaliyotni tashkil etishning uzluksiz mexanizmlarini takomillashtirish masalasi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida bo‘lajak pedagoglarni tayyorlashda nazariya va amaliyot integratsiyasini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ta’lim sifatini oshirish va amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvni kuchaytirish vazifalari belgilangan.

Tadqiqotda malakaviy amaliyotni bosqichma-bosqich tashkil etish, mentorlik tizimini rivojlantirish, raqamli monitoring mexanizmlarini joriy etish hamda kompetensiyaviy baholash mezonlarini ishlab chiqish zarurati asoslab beriladi. Shuningdek, amaliyotning uzluksiz modeli taklif etilib, uning pedagog kadrlar tayyorlash sifatiga ta’siri yoritiladi.

PDF

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi me’yoriy-huquqiy hujjatlari.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi metodik ko‘rsatmalari.

Ishmuhamedov R. “Pedagogik texnologiyalar”. – T.: 2020.

Tolipov O., Usmonboyeva M. “Pedagogik texnologiyalarning nazariy asoslari”. – T.: 2019.

Xoliqov A. “Pedagogik mahorat”. – T.: 2018