BUYUK IPAK YO’LI VA YEVROPA MINTAQALARIDA KERAMIKA ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI EVOLYUTSIYASINING TADQIQI
PDF

Ключевые слова

keramika, kimyoviy tarkib, mineralogik tahlil,Buyuk Ipak yo‘li, Yevropa kulolchiligi, texnologik evolyutsiya, xom ashyo, sirlash texnologiyasi.

Аннотация

Ushbu tadqiqot ishi Yevropa (O’rta yer dengizi hududi) va Buyuk Ipak yo’li (Markaziy Osiyo va Xitoy) mintaqalarida keramika ishlab chiqarish an’analarining texnologik evolyutsiyasini qiyosiy tahlil qilishga bag’ishlangan. Shuningdek tadqiqotda keramika buyumlarining kimyoviy tarkibi hamda fizik-mexanik xususiyatlari ularning xom ashyo tarkibi bilan uzviy bog’liqligi asosida hududlararo texnologik almashinuv jarayonlari va rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash maqsad qilingan. Metodologik jihatdan VIII – XVIII asrlarga oid 30 ta arxeologik keramika namunasi (n= 30) tanlab olinib, ularning kimyoviy va mineralogik tarkibi qiyosiy materialshunoslik yondashuvi asosida o’rganilgan. Tadqiqot XRF (rentgen-flouressens) va XRD (rentgen-difraksion) hamda tahlillariga tayangan holda mavjud ilmiy manbalar sharhi orqali amalga oshirilgan. Kimyoviy tahlillar natijalari namunalarning asosiy kimyoviy tarkibi Buyuk Ipak yo‘li mintaqalari keramikasida SiO2 (65–75%) va Al2O3 (18–25%) miqdori yuqoriligini kalsiy oksidining (CaO) esa pastligini (5% dan kam) ko‘rsatdi, bu esa yuqori haroratli (1100–1250 °C) pishirish jarayonida termik barqarorlikni ta’minlaganini tasdiqlaydi.

PDF

Библиографические ссылки

Tite, M. S. (2008). Ceramic production: provenance and technology. Archaeometry, 50(2), 216-231. DOI: 10.1111/j.1475-4754.2008.00391.x

Li, W., et al. (2023). Microstructural analysis of ancient ceramic glazes along the Silk Road. Journal of Archaeological Science, 151, 105725. DOI: 10.1016/j.jas.2023.105725