MUHAMMAD YUSUF IJODIDA VATANPARVARLIK VA XALQONA POETIK IFODA
PDF (English)

Ключевые слова

O‘zbek she’riyati, xalq tili, metaforal ifoda, dialogik ohang Xalqona she’riyat, Ichki dunyo tasviri, Izhori dil, Vatanni sevish, Poetik obrazlar, Adabiy meros.

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyatining yorqin namoyandalaridan biri — Muhammad Yusuf ijodi tahlil qilinadi. Shoirning she’rlari insonning ichki dunyosi, sevgi, hayot va vatanparvarlik kabi yuksak mavzularni oddiy, ammo chuqur ma’no kasb etgan obrazlar orqali yoritib beradi. Asosiy e’tibor Muhammad Yusufning vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbati, uning she’riy ifodasi va bu tuyg‘ularni xalqona timsollar — ona, opa-singil, yurtdosh obrazlari orqali ifodalash uslubiga qaratilgan. Maqolada shoirning "Izhori dil", "O‘zbekiston" kabi she’rlari asosida vatanni onaga, opa-singilga qiyos qilish orqali vatanparvarlik, sadoqat, mehr-oqibat kabi g‘oyalar qanday badiiy yuksaklikda tasvirlangani yoritiladi. Muhammad Yusuf she’riyatidagi soddalik, samimiylik va xalqona ruh uning xalq orasidan chiqib, xalq yuragiga yetgan shoir bo‘lganini ko‘rsatadi.  Shuningdek, maqolada shoirning ijodiy tamoyillari, ya’ni she’rni “ko‘chadan topish” haqidagi fikri tahlil qilinib, uning hayotiy voqelikni poeziyaga olib kirishdagi mahorati ochib beriladi. Muallif Muhammad Yusuf she’riyatini shunchaki adabiy meros emas, balki vatan oldidagi ma’naviy burch deb baholaydi.

PDF (English)

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Muhammad Yusuf tavalludining 65 yilligi munosabati bilan bildirgan nutqi

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 176 b.

Muhammad Yusuf. Tanlangan asarlar. 1–2 jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2009.

Qo‘chqorova M. Muhammad Yusuf poetikasi. – Toshkent: Fan, 2014. – 208 b.

Hodiyeva M. Zamonaviy o‘zbek she’riyati. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2016. – 240 b.

Qodirova D. Muhammad Yusuf ijodida vatanparvarlik ruhining talqini // O‘zbek tili va adabiyoti jurnali, 2021, №1. – B. 45–49.

Orifjonova N. Shoir yuragidan – xalq yuragiga: Muhammad Yusuf obrazida xalqparvarlik // Adabiy tadqiqotlar to‘plami, 2020, №2. – B. 92–97.