Аннотация
Ushbu maqolada yosh voleybolchilarda qo‘l kuchini ixtisoslashtirilgan mashqlar yordamida shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda sportchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirishda qo‘l mushaklari kuchini rivojlantirish muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi.
Xususan, to‘p bilan bajariladigan mashqlar, qarshilik bilan ishlash, og‘irliklar va maxsus trenajyorlar yordamida olib boriladigan mashg‘ulotlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu mashqlar yosh voleybolchilarning zarba berish, to‘p uzatish va blok qo‘yish kabi o‘yin elementlarini sifatli bajarishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi asoslab beriladi.
Tadqiqot natijalari ixtisoslashtirilgan mashqlarni tizimli qo‘llash qo‘l kuchini rivojlantirish bilan birga umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini ham oshirishini ko‘rsatadi.