INTELLEKTUAL MULKDA SHARTNOMAVIY MUNOSABATLAR TUSHUNCHASI, HUQUQIY ASOSLARI VA ULARNING AMALIY AHAMIYATI
PDF (English)

Ключевые слова

intellektual mulk, shartnomaviy munosabatlar, litsenziya shartnomasi, mualliflik huquqi, sanoat mulki, patent, franshiza, huquq egasi.

Аннотация

Mazkur ilmiy maqolada intellektual mulk sohasida vujudga keladigan shartnomaviy munosabatlarning tushunchasi, mazmuni va huquqiy tabiati har tomonlama tahlil qilinadi. Intellektual mulk obyektlaridan foydalanishda qo‘llaniladigan asosiy shartnoma turlari, jumladan litsenziya shartnomalari, mutlaq huquqlarni o‘tkazish shartnomalari, mualliflik shartnomalari hamda franshizing shartnomalarining o‘ziga xos jihatlari yoritib beriladi.

Shuningdek, shartnomaviy mexanizmlarning huquq egalari manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rni, innovatsion faoliyatni rivojlantirish va intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirishdagi ahamiyati ochib beriladi. Maqolada milliy qonunchilik va xalqaro huquq normalari tahlili asosida ilmiy xulosalar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

PDF (English)

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. (1996, oxirgi o‘zgartirishlar bilan). Toshkent.

Oʻzbekiston Respublikasining 20.07.2006 yildagi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-42-son Qonun.

O‘zbekiston Respublikasi. 2002-yil 29-avgust 397-II-son “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonun.

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 30.08.2001 yildagi 267-II-son “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida” Qonun.

Kurakin, A. A. (2021). International Intellectual Property Law: Comparative Analysis. London: Routledge.

Maskin, J., & Hargreaves, I. (2022). Global IP Systems and Innovation. Cambridge: Cambridge University Press.

I.B.Yakubova. “Intellektual mulk huquqida TRIPS shartnomasining o‘ziga xos xususiyatlari” TDYU-Monografiya. Toshkent-2025.

WIPO. Guide on Intellectual Property and Contracts.

Xalqaro intellektual mulk huquqi bo‘yicha ilmiy maqolalar to‘plami.