Abstract
Mazkur maqolada atoqli o‘zbek adabiyotshunosi va munaqqidi, akademik Matyoqub Qo‘shjonovning adabiy-nazariy merosi tadqiq etilgan. Muallif olimning badiiy asarni tahlil qilishdagi o‘ziga xos metodlari, realizm va uslub masalalari hamda xarakter yaratish mahorati haqidagi qarashlari tizimli ravishda tahlil qilingan. Tadqiqotda olimning milliy xarakter va badiiy psixologizm masalalariga oid ilmiy konsepsiyalari qiyosiy jihatdan o‘rganilgan. Shuningdek, Abdulla Qodiriy, Oybek va Abdulla Qahhorlarning o‘zbek romanchiligi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, tanqidchilik etikasi va estetik tamoyillari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari bugungi kun adabiyotshunosligi uchun M. Qo‘shjonov ilmiy maktabining dolzarbligini ko‘rsatishga xizmat qiladi.
References
Nazarov B. O‘zbek adabiy tanqidchiligi tarixi. – Toshkent: Fan, 2012 428- b.
Normatov U. Tanqidchilik ham ijoddir. – Toshkent: Maʼnaviyat, 2005.432-b.
Karimov N. va boshqalar. XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1999. 516-b.
Toʻychiyev U. Oʻzbek adabiy tanqidchiligi va adabiyotshunosligi masalalari. – Toshkent, 2000.420-b.
wikipedia.uz
Ziyo.uz.