MAXSUS EHTIYOJLI O‘QUVCHILAR BILAN ISHLASHDA MOSLASHTIRILGAN O‘QUV MATERIALLARI VA DIDAKTIK VOSITALAR
PDF (English)

Ключевые слова

maxsus ehtiyojli o‘quvchilar, inklyuziv ta’lim, moslashtirilgan o‘quv materiallari, didaktik vositalar, Universal Design for Learning (UDL), multisensor yondashuv, individual ta’lim rejasi, baholash va monitoring.

Аннотация

Ushbu maqola maxsus ehtiyojli o‘quvchilar  bilan ishlashda o‘quv materiallari va didaktik vositalarni moslashtirish masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib zamonaviy inklyuziv ta’lim sharoitida standart o‘quv materiallari ko‘pincha o‘quvchilarning turli ehtiyojlariga (ko‘rish, eshitish, harakatlanish, intellektual, autizm spektri va boshqa) to‘liq javob bermaydi. Bu holat ularning akademik muvaffaqiyati, motivatsiyasi va ijtimoiy integratsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Maqolada O‘zbekiston Respublikasining 2020-2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi (PQ-4860-son qarori) va xalqaro Universal Design for Learning (UDL) tamoyillari (CAST, 2024, Guidelines 3.0) asosida o‘quv materiallarini va didaktik vositalarni moslashtirishning ilmiy-metodik tamoyillari yoritiladi. Turli ehtiyojlar uchun individual yondashuv (Individual Ta’lim Rejasi – ITR), vizual va multisensor (VAKT) resurslardan foydalanish, shuningdek, moslashtirilgan baholash va doimiy monitoring mexanizmlari tahlil qilinadi.

Tadqiqotning asosiy yangiligi dissertant tomonidan ishlab chiqilgan “Moslashtirilgan Didaktik Model”da namoyon bo‘ladi. Model UDL ning uchta asosiy tamoyilini (ishtirok etish, taqdim etish, harakat va ifoda etish) O‘zbekiston ta’lim muhitiga moslashtirgan holda, ehtiyojlarni diagnostika qilish, multisensor resurslarni integratsiya qilish va progress monitoring bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Model empirik sinovdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, inklyuziv ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

PDF (English)

Библиографические ссылки

UNESCO. (2020). Inclusion and education: All means all. Global Education Monitoring Report.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4860-son qarori (13.10.2020).

CAST. (2024). Universal Design for Learning Guidelines 3.0.

CAST. (2024). UDL Guidelines (udlguidelines.cast.org).

Subanova B.Q. va boshq. (2025). O‘zbekistonda inklyuziv ta’limning huquqiy asoslari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4860-son qarori, 13.10.2020.

2020–2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi.