ATMOSFERA OZON QATLAMI HOLATI: TEXNOGEN TAHDIDLAR VA EKOLOGIK XAVFSIZLIK MASALALARI
PDF (English)

Ключевые слова

Ozon qatlami, stratosfera, texnogen tahdidlar, ekologik xavfsizlik, ultrabinafsha radiatsiyasi, global monitoring, Monreal protokoli, aholi muhofazasi, iqlim o‘zgarishi, preventiv choralar.

Аннотация

Ushbu tadqiqotda atmosfera ozon qatlami holatining zamonaviy dinamikasi va unga ta’sir ko‘rsatuvchi texnogen omillar tizimli ravishda tahlil qilingan. Maqolada xalqaro ekspertlar guruhlarining ko‘p yillik monitoring ma’lumotlariga tayanib, ozon yemirilishi hamda global iqlim o‘zgarishi o‘rtasidagi murakkab interfaol aloqadorliklar o‘rganilgan. Stratosfera ozonining kamayishi natijasida yer yuzasiga tushuvchi ultrabinafsha (UB) radiatsiyasining ortishi inson salomatligiga, xususan, teri patologiyalari va oftalmologik kasalliklar bilan bog‘liq tibbiy-iqtisodiy asoratlari dalillangan. Shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasining arid iqlim sharoitida atmosfera monitoringini yuritishning ekologik xavfsizlikdagi o‘rni va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimida radiatsion xavfni baholash uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan. Monreal protokoli doirasidagi strategik choralarning samaradorligi texnogen xavflarni minimallashtirish va aholi genofondini muhofaza qilish nuqtai nazaridan baholangan.

PDF (English)

Библиографические ссылки

Karimov I.A. (2012). O‘zbekistonda ekologik xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari. Toshkent: O‘zbekiston.

O‘zbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonuni. Toshkent.

Environmental Effects Assessment Panel (EEAP). (2023). Environmental Effects of Stratospheric Ozone Depletion, UV Radiation, and Interactions with Climate Change. UNEP.

NASA Ozone Watch. (2023-2026). Annual Status of the Antarctic Ozone Hole: Area, Minimum Ozone and Temperature Series. NASA Goddard Space Flight Center.

WMO (World Meteorological Organization). (2022). Scientific Assessment of Ozone Depletion: 2022. Global Ozone Research and Monitoring Project.