Аннотация
Ushbu maqolada Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat” asaridagi hikmatlar asosida ishq timsoli va insonning ruhiy kamolotga erishish jarayoni adabiy-tahliliy jihatdan yoritiladi. Unda Yassaviy talqinidagi ishq oddiy hissiy holat emas, balki insonning ichki poklanishi, nafsni tiyishi hamda ma’naviy yuksalishiga xizmat qiluvchi muhim tasavvufiy tushuncha sifatida izohlanadi. Shuningdek, hikmatlarda aks etgan nafs, qanoat va zikr kabi tushunchalar orqali insonning o‘z ustida ishlashi, ichki kurashi hamda ruhiy yetilish bosqichlari ochib beriladi. Tanlangan hikmatlar misolida ishq timsolining badiiy ifodalanish xususiyatlari va uning ruhiy kamolot bilan uzviy bog‘liqligi asoslab beriladi. Natijada Yassaviy hikmatlarining nafaqat tasavvufiy tafakkur mahsuli, balki bugungi ma’naviy hayot uchun ham ahamiyatli manba ekani aytib o‘tiladi.
Библиографические ссылки
Ahmad Yassaviy. “Devoni hikmat” – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi, 1992
Xoja Ahmad Yassaviy. “Devoni hikmat” (Yangi topilgan namunalar) – T.: Movarounnahr, 2004
Nasimxoh Rahmonov. O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning birinchi yarmigacha). O‘quv qo‘llanma – T.: Sano-standart nashriyoti, 2017
Natal Mallayev. O‘zbek adabiyoti tarixi ( Eng qadimgi adabiy yodgorliklar) – T.: O‘qituvchi nashriyoti, 1965