Abstract
Mazkur mavzu Xiva xonligida tabiiy va aniq fanlarning rivojlanish jarayonini yoritishga bag‘ishlangan. Unda xonlik hududida matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot kabi fanlarning shakllanishi va rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar faoliyati hamda ilmiy muhit tahlil qilinadi. Shuningdek, madrasalarda o‘qitilgan fanlar tarkibi, ilmiy an’analar va Sharq mutafakkirlarining asarlaridan foydalanish darajasi ham ko‘rib chiqiladi. Xiva xonligida tabiiy va aniq fanlar asosan diniy ta’lim bilan uyg‘un holda rivojlangan bo‘lib, bu jarayon jamiyatning ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilgan.
Mazkur tadqiqot Xorazm ilmiy maktabi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.
References
Sagdullayev A., Aminov B., Mavlonov O‘., Norqulov N. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. – Toshkent: Akademiya, 2000.
Толстов С.П. По следам древнехорезмийской цивилизации. – Москва; Ленинград: Изд-во АН СССР, 1948.
Sodiqov H, Shamsutdinov R, Ravshanov P, Usmonov Q. Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. – Toshkent: Sharq, 2000.
Usmonov Q. O‘zbekiston tarixi: Oliy o‘quv yurtlari barcha bakalavr yo‘nalishlari uchun darslik. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2006.