GLOBAL AMALIYOT VA O‘ZBEKISTON TAJRIBASI ASOSIDA YIRIK METALLURGIYA INVESTITSIYA LOYIHALARINI SAMARALI BOSHQARISH: MIRR, OLDINDAN INVESTITSIYA TAHLILI ALGORITMLARI VA INSTITUSIONAL - ISLOHOTLAR
PDF (English)

Ключевые слова

metallurgiya, investitsiya loyihalari, MIRR, oldindan investitsiya tahlili, risklarni boshqarish, KPI, energiya samaradorligi, Olmaliq KMK, Navoiy KMK, O‘zbekiston.

Аннотация

Ushbu maqola yirik metallurgiya investitsiya loyihalarini boshqarishning global amaliyoti va O‘zbekiston tajribasini qiyosiy-tahliliy yondashuvda o‘rganadi. Rossiyada Vasiltsov va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan oldindan investitsiya tahlili algoritmlari, modifikatsiyalashgan ichki rentabellik darajasi (MIRR) metodikasi, shuningdek, Janubiy Afrika tajribasi asosida loyihalarni boshqarishda strategik rejalashtirish, risklarni kamaytirish va moliyaviy baholashni birlashtirgan kompleks yondashuvlarning samaradorligi ko‘rsatilgan. O‘zbekiston bo‘yicha Milliy statistika qo‘mitasi, Jahon banki va Osiyo Taraqqiyoti Banki ma’lumotlari asosida Olmaliq KMK va Navoiy KMK misolida investitsiya oqimlari, davlat siyosati va innovatsion loyihalar dinamikasi tahlil qilingan. Tanqidiy baholash natijasida monitoring tizimining zaif bo‘g’inlari, energiya intensivligini kamaytirish imkoniyatlari va loyihalarni tanlashda algoritmik yondashuvlarning yetarli qo‘llanilmasligi aniqlangan.

Maqolada MIRR metodikasini standartlashtirish, KPI tizimini mustahkamlash, energiya samaradorligini loyihalarga integratsiyalash va xorijiy ekspertlarni jalb etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonning 2030-yilga qadar belgilangan metallurgiya tarmoqidagi strategik maqsadlariga erishishda investitsiya loyihalarini boshqarish sifatini oshirish uchun nazariy va amaliy asos sifatida xizmat qiladi.

PDF (English)

Библиографические ссылки

Jochhens P.R. Project management in the metallurgical industry. SAIMM Journal, 1981, vol. 81, no. 8, pp. 252-260.

Koch J.D. Spotlight on project management in the metallurgical industry. SAIMM Journal, 1981, vol. 81, no. 1, pp. 33-36.

Vasiltsov V.S., Nysh M.S., Solovieva A.V. Management of the development of a metallurgical company on the basis of the algorithm of the pre-investment analysis. Chernye Metally, 2023, No. 1, DOI:10.17580/chm.2023.01.12.

Tolibjonov X.K. O‘zbekiston sanoat korxonalarida innovatsion loyihalarni boshqarish tizimi: iqtisodiy barqarorlik va huquqiy-ijtimoiy holat tahlili. “O‘zbekiston – 2030 strategiyasi: amalga oshirilayotgan islohotlar tahlili, muammolar va yechimlar” maqolalar to‘plami, Zenodo, 2025, DOI:10.5281/zenodo.17558614.

World Bank. Energy Efficiency Facility for Industrial Enterprises Project (UZEEF) – Implementation Completion and Results Report, Report No. ICR00006469, 20 November 2024.

World Bank. Prospects for Further Investment in Steel Production Facilities, 2014.

Asian Development Bank. Uzbekistan: Country Partnership Strategy 2024-2028, August 2024.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati. Tog’-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi, 16.03.2026.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Metallurgiya sanoati yil boshida 2,1 barobarga o‘sdi, 27.03.2026.

UzDaily. 2025 yilda O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarish hajmi 1 101,1 trln so‘mdan oshdi, 22.01.2026.

UIMF (Uzbekistan International Mining & Metals Forum). Results of 2024 in the country’s mining and metallurgical industry and plans for 2025, 2025

Gov.uz. OKMK tomonidan investitsiya loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar (matbuot anjumani), 11.12.2024.