Аннотация
Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri Tohir Malikning “Charxpalak” qissasida tasvirlangan yetimlik fojeasining uch xil ko‘rinishi badiiy-estetik hamda ijtimoiy jihatdan tahlil qilinadi. Qissada jamiyatdagi turli xil taqdirlar orqali inson hayotidagi sinovlar, jumladan, erkakning o‘z ayoliga nisbatan bevafoligi sababli oilaning parchalanishi, ayolning erini o‘sha xiyonat ustida ko‘rgan jarayondagi ichki iztiroblarini faqat sukut bilan qabul qilishi, uni hech kimga oshkor eta olmasligi hamda ota-onaning ajrashuvi natijasida farzandlarning o‘rtada mehr va oilaviy muhitdan mahrum bo‘lib, ruhiy yetimga aylanib qolishi bayon etiladi. Shuningdek, oilaviy hayotda farzandning ko‘ngil istaklarini ortiq darajada bajo keltirish, taltaytirib o‘stirish, nazoratsiz va mas’uliyatsiz tarbiyalash oqibatida uning ma’naviy olami izdan chiqib, jinoyat va “yaltiroq” hayot havaslariga berilishi masalalari ochib beriladi. Maqolaning dolzarbligi shundaki, qissada yoshlar ma’naviy dunyosining, har jihatdan to‘g‘ri tarbiyalanmaganligi sababli or-nomus, sharm-hayo kabi insoniy qadriyatlarning susayishi natijasida hayoti barbod bo‘lishi bugungi kun yoshlarida ham uchrayotgan muammolar bilan uyg‘unlashadi. Ayniqsa, qahramonlar taqdiri orqali yoshlarning sharqona tarbiya va urf-odatlardan uzoqlashishi hamda o‘tkinchi hislarning asiriga aylanishi kabi ziddiyatlar asarning zamonaviy ahamiyatini yanada oshirgan.
Библиографические ссылки
Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi mavzusidagi anjumanda yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib, so‘zlagan nutqidan.
Umurzakov R. XX asr o‘zbek qissalarida bola obrazi: davr va ruhiyat. Filol. fan. bo‘yicha falsafa dok. (PhD)… diss. – Toshkent, 2022. B. 135.
Rasulova S. Tohir Malik qissalari poetikasi. Filol. fan. b. fals. dok. diss. – Toshkent, 2025.
Norboboyeva M. “Alvido bolalik” qissasida yetim bola obrazining poetik talqini //jamiyat va innovatsiyalar. – Toshkent, 2021.
Charxpalak. [Matn]: qissa / T. Malik. – Toshkent. – “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2018.
Rahimova D. Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni tutingan oilaga moslashuvi mazmuni. Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya” nomli ilmiy-amaliy konferensiya. http://doi.org / 10.5281 /znedo. 10200181. 21-oktyabr 2023 y.
A. Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. Toshkent. – O‘qituvchi. 1992 y.