O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ VA SHAHAR HUDUDLARIDA O‘RTACHA ISH HAQINING DINAMIKASI
PDF

Ключевые слова

o‘rtacha ish haqi, nominal va real ish haqi, hududiy tafovut, shahar va qishloq, qishloq xo‘jaligi, mehnat bozori, daromadlar tengsizligi.

Аннотация

Maqolada 2022–2026-yillar oralig‘ida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal ish haqining shahar va qishloq hududlari kesimidagi dinamikasi tahlil qilinadi. Rasmiy statistika ish haqini shahar va qishloq bo‘yicha alohida e’lon qilmagani sababli, tadqiqotda hududiy proksi (shahar markazi sifatida Toshkent shahri va agrar ixtisoslashuvi yuqori viloyatlar), tarmoqlar kesimidagi taqqoslash (qishloq xo‘jaligi) hamda daromad va kambag‘allik ko‘rsatkichlaridan foydalanildi. Natijalar mamlakat bo‘yicha ish haqi yiliga o‘rtacha 18–19 foizga o‘sganini, biroq poytaxt va eng past ko‘rsatkichli viloyatlar o‘rtasidagi tafovut 2,4–2,5 baravar darajasida saqlanib, mutlaq qiymatda kengayib borayotganini ko‘rsatdi.

Toshkent shahri va Navoiy viloyatidan boshqa 12 hududda ish haqi bir-biriga yaqin (respublika o‘rtachasining 69–94 foizi), qishloq xo‘jaligida esa o‘rtachaning taxminan yarmiga teng. Tafovutni qisqartirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.

PDF

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi bo‘yicha ma’lumotlar (yillik, choraklik, hududlar va iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha). – https://stat.uz

Average monthly wage in Uzbekistan rises to UZS 6.38 million. Kun.uz, 27.01.2026. – https://kun.uz/en/news/2026/01/27/average-monthly-wage-in-uzbekistan-rises-to-uzs-638-million

2025-yilda O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi. Spot.uz, 26.01.2026. – https://www.spot.uz/oz/2026/01/26/salary/