Аннотация
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining o‘ziga xos vakillaridan biri Xoliyor Safarov hikoyalarida ona obrazi ruhiyatining badiiy talqini tadqiq etiladi. Adibning “Ona”, “Ona vidosi”, “Onamning yolg‘onlari”, “To‘ti Momo” kabi hikoyalarida gavdalangan ona obrazlarining ichki kechinmalari, mehr-muhabbati, farzand taqdiri uchun iztiroblari, sabr-matonati va ma’naviy olami tahlil qilinadi. Shuningdek, yozuvchining ona qalbidagi murakkab psixologik jarayonlarni tashqi harakat, dialog, ruhiy holat, xotira va badiiy detal vositasida ifodalash mahoratiga e’tibor qaratiladi. Ona obrazining individual va umumlashma xususiyatlari, uning milliy qadriyatlar hamda insoniy munosabatlar tizimidagi o‘rni ochib beriladi.
Библиографические ссылки
Safarov X. Oy botmagan kechalar. – Toshkent: Noshirlik yog‘dusi, 2010.
Safarov X. Qanotsiz qushlar. – Toshkent, 2015.
Safarov X. Nomus va hayot. – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2019.
Safarov X. To‘ti Momo. – Toshkent: Ochun, 2018.
Safarov X. Onamning yolg‘onlari. – Toshkent: Ochun, 2024.
Umurov H. Badiiy psixologizm va hozirgi o‘zbek romanchiligi. – Toshkent: Fan, 1983.
Imomova G. Ruhiy iztiroblar. – Toshkent: Yozuvchi, 1992.
Adabiyot nazariyasi. Ikki tomlik. 2-tom. – Toshkent: Fan, 1979.