XOLIYOR SAFAROV HIKOYALARIDA ONA OBRAZI RUHIYATIGA CHIZGILAR
pdf (Русский)

Keywords

Xoliyor Safarov, ona obrazi, badiiy psixologizm, ruhiy kechinma, ona mehri, ichki monolog, psixologik tasvir, milliy qadriyat, ona va farzand munosabati.

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining o‘ziga xos vakillaridan biri Xoliyor Safarov hikoyalarida ona obrazi ruhiyatining badiiy talqini tadqiq etiladi. Adibning “Ona”, “Ona vidosi”, “Onamning yolg‘onlari”, “To‘ti Momo” kabi hikoyalarida gavdalangan ona obrazlarining ichki kechinmalari, mehr-muhabbati, farzand taqdiri uchun iztiroblari, sabr-matonati va ma’naviy olami tahlil qilinadi. Shuningdek, yozuvchining ona qalbidagi murakkab psixologik jarayonlarni tashqi harakat, dialog, ruhiy holat, xotira va badiiy detal vositasida ifodalash mahoratiga e’tibor qaratiladi. Ona obrazining individual va umumlashma xususiyatlari, uning milliy qadriyatlar hamda insoniy munosabatlar tizimidagi o‘rni ochib beriladi.

pdf (Русский)

References

Safarov X. Oy botmagan kechalar. – Toshkent: Noshirlik yog‘dusi, 2010.

Safarov X. Qanotsiz qushlar. – Toshkent, 2015.

Safarov X. Nomus va hayot. – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2019.

Safarov X. To‘ti Momo. – Toshkent: Ochun, 2018.

Safarov X. Onamning yolg‘onlari. – Toshkent: Ochun, 2024.

Umurov H. Badiiy psixologizm va hozirgi o‘zbek romanchiligi. – Toshkent: Fan, 1983.

Imomova G. Ruhiy iztiroblar. – Toshkent: Yozuvchi, 1992.

Adabiyot nazariyasi. Ikki tomlik. 2-tom. – Toshkent: Fan, 1979.