TASAVVURNING QATL ETILISHI: CHARLZ DIKENSNING «OG‘IR ZAMONLAR» ROMANIDA MEXANIZATSIYALASHGAN TA’LIM VA SINFIY ZIDDIYATLAR
pdf (Русский)

Keywords

Sanoat inqilobi, utilitarizm, Charlz Dikens, «Og‘ir zamonlar», marksistik tanqid, mexanizatsiyalashgan ta’lim, tasavvurning qatl etilishi, begonalashuv, fabrika va maktab parallelizmi, sinfiy ziddiyat.

Abstract

Ushbu maqola XIX asr sanoat inqilobi va utilitarizm falsafasining insoniyat ma’naviyatiga ta’sirini Charlz Dikensning «Og‘ir zamonlar» (Mill, John Stuart. "Utilitarianism", 1861) romani misolida tahlil qiladi. Tadqiqotda fabrika va maktabning inson ruhi, tasavvuri va erkin tafakkurini so‘ndiruvchi parallel mexanizmlar sifatida gavdalanishi marksistik adabiy tanqid va madaniy materializm tamoyillari asosida yoritilgan. Shuningdek, ishchilarning «Qo‘llar» (Hands) deb nomlanishi orqali ularning tovarlashuvi, begonalashuvi hamda utilitar ta’lim tizimining «istisno pedagogikasi» sifatida yoshlar tafakkurini qoliplashi ochib berilgan. Jorj Oruellning Dikens haqidagi qarashlariga tayanib, muallif asarning bugungi raqamli va texnokratik davr uchun ham naqadar dolzarb ekanligini ko‘rsatib beradi va adabiyot insoniylikni saqlab qoluvchi ma’naviy qalqon ekanligini xulosa qiladi.( George Orwell "Charles Dickens", Inside the Whale and Other Essays, 1940)

pdf (Русский)

References

Dickens, Charles. Hard Times. London: Bradbury & Evans, 1854(Penguin Classics, 2003).

George Orwell Charles Dickens. Inside the Whale and Other Essays. London: Secker & Warburg, 1940 (pp. 68–95).

Yildirim, Tahsin. "Mechanization of Human Life and Utilitarian Education in Charles Dickens’s Hard Times." Academic Literary Journal, 2012.

Alzouabi, M. "Crime, Utilitarian Rationality, and Family Exploitation in Dickens's Hard Times." Victorian Literature and Culture, vol. 49, no. 3, 2021, pp. 451–467.

Afzal, M. "Industrialization and class struggle in Hard Times: Literature as social critique." Falcons Journal of Advanced Research, vol. 3, iss. 1, Nov 25 – Jan 2026, pp. 15–24. https://doi.org/10.63287/690432

Leavis, F. R. "The Great Tradition", Hard Times tahlili, 1948

Williams, Raymond. "Culture and Society, 1780–1950", 1958

Smith, Sheila. "The Other Dickens: A Criticism of Victorian Industrial Society", 1982