ZULFIYA SHE’RIYATINING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI
pdf (Русский)

Keywords

Zulfiya, lingvopoetika, o‘xshash so‘zlar, paronim, omonim, ko‘p ma’nolilik, leksik takror, badiiy matn, poetik obraz, she’riy til.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek xalq shoirasi Zulfiya Isroilova she’riyatida so‘zlarning shakliy va ma’noviy munosabatlari lingvopoetik nuqtayi nazardan o‘rganiladi.

Xususan, o‘xshash so‘zlar tushunchasining tilshunoslikdagi talqini, paronimlar va omonimlarning o‘zaro farqlari hamda ularni badiiy matn tahlilida aniqlash mezonlari yoritiladi.

Shoiraning “Bahor keldi seni so‘roqlab”, “Oydinda” va boshqa she’rlari misolida leksik takror, ko‘p ma’nolilik, tovush uyg‘unligi va obraz yaratish xususiyatlari tahlil qilinadi.

Shuningdek, shakliy o‘xshashlikni paronimlik yoki omonimlik hodisasidan farqlashning ilmiy ahamiyati asoslanadi.

pdf (Русский)

References

Zulfiya. “Bahor keldi seni so‘roqlab”, “Oydinda” va boshqa she’rlar. Zulfiya (1915–1996). Ziyouz elektron adabiyot kutubxonasi.

Husaynova M., Rustamova D. Zulfiya Isroilova she’riyatida uchraydigan lisoniy hodisalar. Iqro jurnali, 2023. Elektron manba.

Sodiqova D.A. Zulfiyaning “Onam bog‘i” she’rining lingvopoetik tahlili. Pedagogs International Research Journal, 77-jild, 1-son, 2025, 250–255-betlar.

Zulfiya. Bahor keldi seni so‘roqlab. Toshkent: Yangi asr avlodi.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti.