Abstract
Mazkur maqolada hozirgi o‘zbek adabiy jarayonida Yevropa adabiyotining ta’siri, jahon adabiyoti bilan ijodiy aloqalar hamda badiiy tafakkurdagi uslubiy o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Xususan, modernizm, postmodernizm, ekzistensializm, absurdizm va psixologik realizm kabi adabiy-estetik yo‘nalishlarning zamonaviy o‘zbek nasrida namoyon bo‘lish xususiyatlari yoritiladi. Ulug‘bek Hamdam, Isajon Sulton, Nazar Eshonqul, Erkin A’zam kabi yozuvchilarning asarlari misolida inson ruhiyatini tasvirlash, an’anaviy syujet qurilishidan chekinish, ramziylik, intertekstual munosabat, ichki monolog va ochiq yakun kabi badiiy usullarning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, Yevropa adabiy tajribasining milliy badiiy tafakkur bilan uyg‘unlashuvi va uning zamonaviy adabiy jarayonga ta’siri xususida ilmiy mulohazalar bildiriladi.
References
Quronov, D. Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent: Fan, 2007.
Umurov, H. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: Sharq, 2002.
Bakhtin, M. M. The Dialogic Imagination: Four Essays. – Austin: University of Texas Press, 1981.
Wellek, R., Warren, A. Theory of Literature. – New York: Harcourt, Brace and Company, 1949.
Eagleton, T. Literary Theory: An Introduction. – Oxford: Blackwell, 1996.
Camus, A. The Stranger. – London: Penguin Books, 1983.
Kafka, F. The Metamorphosis. – London: Penguin Books, 2000.
Joyce, J. Ulysses. – London: Penguin Books, 2000.
Hamdam, U. Muvozanat. – Toshkent.
Hamdam, U. Ota. – Toshkent.
Sulton, I. Boqiy darbadar. – Toshkent.
Eshonqul, N. Maymun yetaklagan odam. – Toshkent.
Hoshimov, O‘. Tushda kechgan umrlar. – Toshkent.
A’zam, E. Shovqin. – Toshkent.