ENERGIYA RESURSLARIDAN FOYDALANISHDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH VA SAMARALI NAZORATNI TASHKIL ETISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR
PDF (Русский)

Keywords

Energiyaning noto‘g‘ri ishlatilishi, noqonuniy ravishda sarflanishi, resurslarning isrofgarchiligi va energiya iste’molida xatoliklar mamlakatda turli salbiy oqibatlarga olib keladi.

Abstract

Energiya resurslari – har bir mamlakat iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan resurslar bo‘lib, ularning samarali va adolatli foydalanilishi davlatning mustahkam iqtisodiy o‘sishiga yordam beradi. Afsuski, bu sohadagi huquqbuzarliklar ko‘plab mamlakatlarda mavjud bo‘lib, ular energiya xavfsizligi, iqtisodiy rivojlanish va ekologik barqarorlikka jiddiy tahdid soladi. Ushbu taklifda energiya resurslaridan foydalanishda mavjud huquqbuzarliklar, ularning oldini olish va samarali nazoratni tashkil etishda innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi.

PDF (Русский)

References

Energiyani samarali boshqarish va huquqbuzarliklarni oldini olishda innovatsion yondashuvlarning o‘rni beqiyosdir. Raqamli texnologiyalar va ilg‘or boshqaruv tizimlari nafaqat energiya resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydi, balki sohada korrupsiyani kamaytirish va davlat byudjetiga qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlarini yaratadi. Bu yondashuvlar orqali biz energiya sektori bo‘yicha barqaror va raqobatbardosh tizimni yaratishimiz mumkin.