Abstract
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.03.2022 yildagi 145-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga asbob-uskuna, mehnat qurollari (tikuvchilik, to‘qimachilik, pazandachilik, soch turmaklash, duradgorlik, chilangarlik, qurilish, qishloq xo‘jaligi (motokultivator, o‘t o‘rish o‘roq mashinasi, payvandlash apparati, o‘simliklarga ishlov berish qurilmasi) va boshqa sohalarda ishlatiladigan mehnat qurollari va apparatlarini xarid qilish uchun 10 million so‘mgacha Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda yoki “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida “Ayollar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq subsidiya ajratiladi.